152
“Garri Potter” filmlaridagi yashirin ishoralar: hatto eng sodiq muxlislar ham payqamagan
O‘zingizni “Garri Potter”ning haqiqiy muxlisi deb hisoblaysizmi? Balki, filmlarni bir necha marta tomosha qilgandirsiz? Biroq ushbu maqoladagi ma’lumotlar sizni hayratda qoldirishi aniq.
Professor Makgonagall kviddich chempioni bo‘lgan
Garri otasining ismini kviddich taxtasida ko‘rgan kadrni eslang. Bir oz o‘ngda Minerva Makgonagall 1971 yilda olgan mukofot ham turibdi. “Garri Potter” tarixini sinchkovlik bilan o‘rganib, professorning iste’dodli kviddich o‘yinchisi bo‘lgani haqida ma’lumot topish mumkin, ammo o‘shanda maktab kubogi uchun Slizerin bilan bo‘lgan o‘yin miya chayqalishi va bir nechta qovurg‘alar sinishi bilan yakunlanadi.
Nyut Salamander Garri Potter talaba bo‘lganida Xogvartsga kelgan
Agar “G‘aroyib maxluqlar”ning “Garri Potter” bilan hech qanday aloqasi yo‘q deb o‘ylasangiz, adashasiz. Aslida Warner Bros. studiyasi boshidanoq Nyutga ishora qilgan. Kichik rollarida paydo bo‘lgan ko‘plab qahramonlardan farqli o‘laroq, bu qahramonni hech qachon jismoniy shaklda ko‘rmaysiz, lekin u “Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmidagi Talonchilar xaritasida ko‘rinish beradi.
Orzular oynasining siri
Garri sirli oynada ota-onasi bilan birga turganini ko‘radi. Albatta, bosh qahramon Orzular oynasi unga uzoq vaqt oldin yo‘qolganlarini ko‘rsatishini biladi. U Ronga bu haqda gapirib beradi, lekin do‘sti oynada butunlay boshqacha narsani ko‘radi.
Keyinchalik professor Dambldor Garri Potterga ko‘zgu hech kimga aytilmaydigan orzularini ko‘rsatishini aytadi. Agar oynaning nomini va unda yozilgan so‘zlarni teskari o‘qisangiz, uning mohiyati aniq bo‘ladi: “Men sening yuzingizni emas, balki yuraging nima xohlayotganini ko‘rsataman”.
Hamma joyda Joan Rouling kitoblarini ko‘rish mumkin
Garri Potter haqidagi filmlarda u haqidagi kitoblarni ko‘rish mumkin. Masalan, “Garri Potter va maxfiy hujra” filmida bosh qahramon tasodifan boshqa joyga tushib qoladi. Hagrid Potterni topgach, ular vitrinalarda Garri Potter haqidagi kitoblar bo‘lgan do‘kondan o‘tishadi.
Kinodagi ko‘zga tashlanarli katta xato — filmda Mingyillik ko‘prigining ko‘rinishi
“Garri Potter va tilsim shahzoda” filmida butun sehrli dunyo tartibsizlik ichida qoladi. Voldemort qayta tug‘iladi va har qachongidan ham kuchliroq bo‘ladi. Film qora kuchlarning Londonga hujum qilishi bilan boshlanadi va bir vaqtning o‘zida ular yo‘lida uchragan hamma narsani, shu jumladan Mingyillik ko‘prigini ham yo‘q qiladi. Muammo shundaki, bu ko‘prik 2000 yilga kelibgina qurilgan, ammo film voqealari 1990 yillarning oxirida sodir bo‘ladi.
“Garri Potter”da yangi mahsulot brendlari yaratiladi
“Garri Potter” filmlarini sehrli va jozibali qiladigan kichik detallar hisoblanadi. Ayniqsa, franshiza uchun faqat sehrgarlar sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi mahsulot brendlari ixtiro qilinadi. Misol uchun, Garri, Ron va Germiona Katta zaldan o‘tayotganda stolda Cheeri Owls ko‘rinadi. Bu Cheerios nonushta doniga ishora, shunchaki unga “boyo‘g‘li” so‘zi ham qo‘shilgan.
Sehrgarlik vazirligiga kirish uchun kulgili kod
Sehrgarlar vazirligiga borish uchun Ronning otasi telefon kabinasidan foydalanadi va 6-2-4-4-2 raqamini teradi. Ziyrak muxlislar uchun bu shunchaki raqamlar to‘plami emas, balki “magic” so‘zining shifrlangan kombinatsiyasi ekanini tushunish qiyin emas. Agar tugmachali telefonni tasavvur qilsangiz, nima nazarda tutilganini tushunasiz — 6-raqamda M harfi, 2-raqamda A va C, 4-raqamda G va I harflari bor.
Garri Potterning kviddich jamoasidagi raqami
“Garri Potter”da baxtsiz hodisalar tasodifan bo‘lmaydi. Bosh qahramon yetti raqamida o‘ynaydi va bu Garri Voldemortning yettinchi sirli artefakti ekanligiga ishora qiladi. Ba’zilar bu raqam Joan Rouling yozgan kitoblarning umumiy sonini bildiradi, deb hisoblaydi.
Professor Lokons kal bo‘ladi
“Garri Potter va maxfiy hujra” qismining taniqli qahramoni patologik yolg‘onchidir. Film rejissyori Kris Kolambus bu odamning yolg‘onchiligini ko‘rsatish uchun uning kalligiga urg‘u beradi. Garri va Ron professorning kabinetiga kirishganda, stolda pariklarni ko‘rish mumkin.
Stiven Xokingning nazariyalari hatto sehrli dunyoda ham o‘rganiladi
Ha, Stiven Xoking nafaqat magllar, balki sehrgarlar orasida ham mashhur. Darhaqiqat, “Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmida Teshik qozonga tashrif buyurganlardan biri fizikning “Vaqtning qisqacha tarixi” kitobini qiziqish bilan o‘qiyotganini ko‘rish mumkin.
Sharmbaton talabalari makarenaga raqs tushishadi
Uch sehrgar turniri paytida Xogvartsga kelgan go‘zal talabalar nafaqat Katta zalga tantanali kirish paytida va Yule balida, balki uchinchi sinov paytida ham raqsga tushishadi. Flyur Delakurni qo‘llab-quvvatlash uchun Maksim xonimning shogirdlari makarena raqsini ijro etishadi.
“Garri Potter va alanga kubogi” filmidagi Ajal tuhfalarining ko‘rinishi
“Garri Potter va alanga kubogi” filmida tomoshabinlarga yangi qismlar Ajal tuhfalari bilan bog‘liq bo‘lishiga ishora qilingan. Professor Dambldor Jeyms va Lilining o‘g‘liga kichik Barti Krauchga aslida nima bo‘lganini aytib berayotganida, sehrli buyumlar solingan shisha vitrinaga qaraydi. Chap tomonda esa o‘rtada aylana bo‘lgan piramidani ko‘rish mumkin — bu Ajal tuhfalarining timsoli hisoblanadi.
“Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmidagi mikrofonlar
Filmlarda ovozli dizayn juda ko‘p energiya talab qiladigan va qimmat jarayon, shuning uchun “Garri Potter va Azkaban mahbusi” rejissyori Alfonso Kuaron xarajatlarni kamaytirish uchun ba’zi aktyorlarda mikrofondan foydalanishga qaror qilishadi. Ba’zi joylarda texnik yangiliklarni yashirishning iloji yo‘q edi, shuning uchun Garri va Germiona Tumshuqqanotni yechmoqchi bo‘lgan epizodda ularning orqa tomonida mikrofonlar ko‘rinib qoladi.
So‘nggi filmidagi Drako Malfoyning xotini rolini Tom Feltonning o‘sha paytda uchrashib yurgan sevgilisi o‘ynagan
Garri Potter haqidagi so‘nggi filmning finalida farzandlarini Hogvarsga jonatayotgan katta yoshli qahramonlarni ko‘ramiz. Drako Malfoyning yonida uning rafiqasi bo‘lib, uni kaskadyorlar koordinatori va yosh aktrisa Jeyd Oliviya Gordon o‘ynaydi. O‘sha paytda Tom Felton u bilan uchrashib yurgan va rejissyorlardan faqat shu qiz uning xotini rolini o‘ynashini talab qiladi.
Ron Uizli Germionani sevib qolgani filmning uchinchi qismida oydinlashadi
Tomoshabinlarga Germiona va Ronning bir-biriga bo‘lgan ishqiy tuyg‘ulari haqida “Garri Potter va alanga kubogi” filmi chiqqunga qadar aytilmagan, ammo buning ishoralarini avvalroq ko‘rish mumkin. Uchinchi qismda faqat Ron Germiona negadir doimo qayergadir g‘oyib bo‘lishini, keyin esa kutilmaganda ularning yonida paydo bo‘lib qolishini payqaydi. Bu Garri Potterning do‘sti qizga hammadan ko‘ra ko‘proq e’tibor berishining o‘ziga xos belgisi, chunki Germionaning yo‘qligi eng ko‘p Ronni tashvishlantiradi.
“Garri Potter va ajal tuhfalari” filmida Deniyel Redkliff o‘ynagan spektakl reklama qilinadi
Deniyel Redkliff hammaga (va birinchi navbatda, o‘ziga) boshqa rollarni ham o‘ynashga qodirligini isbotlash uchun 2006 yilda Equus spektaklida qatnashishga qaror qiladi. Aktyor butun dunyo teatr tanqidchilarini hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘ladi. “Garri Potter” ijodkorlari uning muvaffaqiyatidan shunchalik faxrlanishadiki, hatto spektakl afishasini uchovlon yashiringan kafe devoriga osib qo‘yishadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi