09:36 / 17.08.2024
479

Rossiyalik haykaltarosh: "O‘zbeklar meni hayratda qoldirishdi"

Rossiyalik haykaltarosh: "O‘zbeklar meni hayratda qoldirishdi"
Toshkentdagi Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumiga 20 dan ortiq mashhur marmar ustalari yig‘ildi.

O‘zbeklar bilan ishlaganda meni har doim bir narsa hayratda qoldirgan — ular juda yumshoq va vazmin. Bizni ishda turli hayajonli vaziyatlar ko‘p bo‘ladi, kimdir bir-biriga baqirishi mumkin. Lekin o‘zbeklar har doim xotirjam. Men Moskvada ham o‘zbeklar bilan ishlayman va bu yerda ham yana bir marta shunga amin bo‘ldim - o‘zbeklar juda vazmin o‘z obro‘yini saqlab turadigan odamlar”, - dedi rossiyalik haykaltarosh Mixail Sobolev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Shu kunlarda Toshkentda Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda. U yerda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan ijodkorlar o‘z mahoratini namoyish etishmoqda.

Bir oy davomida ishtirokchilar ekologiya muammolariga bag‘ishlangan haykallar yaratadilar. Haykaltaroshlarga faoliyat uchun poytaxtning Yangihayot tumanidagi sanoat hududidan joy ajratildi.

Tayyor haykallar Toshkentga sovg‘a sifatida qoladi va Green University hududida o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik haykaltarosh: "O‘zbeklar meni hayratda qoldirishdi"