21:57 / 08.09.2024
240

“Ishdagi ishq” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt

“Ishdagi ishq” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt
Eldar Ryazanovning “Ishdagi ishq” tragikomediyasi 1977 yilda namoyish etilgan. Loyiha 1978 yilda prokat bo‘yicha yetakchiga aylanadi — premeradan so‘ng kultga aylangan filmni 58 million kishi tomosha qiladi. Quyida sovet kinematografiyasi klassikasining yaratilishi bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

Dramatik qayta ishlash

Film Eldar Ryazanov va Emil Braginskiyning “Hamkasblar” pyesasi asosida suratga olingan. Dramaturglar matn ustida atigi 22 kun ishlagan. Ryazanovning aytishicha, u va Braginskiyni “qahramonlar qo‘llaridan yetaklab yurgan”, chunki Kalugina va Novoselsev o‘rtasidagi munosabatlar tarixi mualliflarni juda qiziqtirib qo‘ygan edi. Aslida ssenariynavislar bu melodramaga oddiy bir sababdan kirishgandi: ular qo‘shimcha pul topmoqchi bo‘lgan — asarning tez orada bunchalik mashhur bo‘lib ketishini xayollariga ham keltirishmagan.

Ryazanov: “Biz bunday yozmaganmiz”

Asarga asoslangan spektakllar yuzdan ortiq teatrlarda namoyish etiladi, ulardan biriga “Hamkasblar” mualliflari yashirincha tushishadi. Ular Rigaga gastrolga kelgan Pskov drama teatrining namoyishiga bilet sotib olishadi. Pyesa mualliflari teatr ma’muriyatini tashrif haqida ogohlantirmaydi.

Ular gaplarimizni zo‘rlik bilan she’riy vaznga solishgandi. Tomoshabin esa hech narsa bo‘lmaganday ko‘rar, shunday bo‘lishi kerak, deb o‘ylardi. O‘rnimdan sapchib turib, spektaklni to‘xtatgim, biz buni yozmaganmiz, deb baqirgim keldi. Lekin bunday qilishga jur’at etolmadik. Qaytanga ko‘rinmaslikka harakat qilib, o‘rindiqqa yopishib oldik va taqdirga bo‘ysundik”, deydi Eldar Ryazanov o‘z xotiralarida.

Mayakovskiy nomidagi teatrdagi spektakl muvaffaqiyat qozonadi, rejissyor debyutant Boris Kondratev edi. Postanovkaning hayratlanarli muvaffaqiyatidan so‘ng “Hamkasblar” televersiyasi chiqadi. Bu Ryazanovga shu qadar yoqmaydiki, pyesaning yangi variantini suratga olishga qaror qiladi.

“Soyuzpechat”ga urilgan mashina

Oleg Basilashvili “Ishdagi ishq”da Novoselsev rolini o‘ynashni orzu qilgan, ammo Ryazanovni bu rolni unga berishga ko‘ndira olmaydi. Natijada u Samoxvalov obrazini gavdalantiradi va bu aktyor filmografiyasidagi eng yorqin rollardan biriga aylanadi.

Filmda Basilashvilining qahramoni avtomobili bilan maqtanadigan sahna mavjud. Mazkur kadrlarni suratga olish uchun aktyor mashinani bor-yo‘g‘i bir necha metr haydashi kerak edi. Mashinani yaxshi boshqarishiga qaramay aktyor gaz bilan tormoz tepkisini adashtirib yuborib, “Soyuzpechat” kioskasiga kirib ketadi.

Modilyani va Axmatova

Kaluginaning kvartirasida Amedeo Modilyanining “Matros kiyimidagi qiz” asarini ko‘rish mumkin. Italyan ekspressionizmining rossiyalik shoira Anna Axmatova bilan ishqiy munosabati bo‘lgan va u rasmda tasvirlangan. Ehtimol, daho Ryazanov shu yo‘l bilan qattiqqo‘l rahbar Alisa Freyndlix ham ehtirosli muhabbatni orzu qilishiga shama qilmoqchi bo‘lgandir.

Lukashinga o‘xshamaydi

Tomoshabinlar Andrey Myagkovni Ryazanovning yana bir mashhur “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” kartinasidagi Yevgeniy Lukashin obrazi orqali tanishgan. Darvoqe, “Ishdagi ishq”da Lukashindan asar ham qolmagan — Myagkov mo‘ylov qo‘ygan va katta gardishli ko‘zoynak taqqan holda suratga tushgan.

Alisa Freyndlix ham roli uchun o‘zgarishi kerak edi. Uning qahramonini ekranda ifodalash uchun rejissyor va aktrisa uzoq vaqt izlanishadi. Masalan, qopsimon yubka va pidjak “Mosfilm”ning kostyumlar omboridan topilgan. Bundan tashqari, operator Vladimir Naxabsev otasining eski ko‘zoynagini olib keladi va bu obrazdagi yakuniy detalga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Ishdagi ishq” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt