Foto: “Daryo”
O‘zbek reperi Konsta YouTube'dagi “Daryo lifestyle” kanaliga bergan intervyusida Ozoda Nursaidova ijro etgan “Ko‘k Jiguli” taronasi va Hamdam Sobirov ijodiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
— Ijodkor sifatida “Ko‘k Jiguli” taronasini past baholayman. Hamdam Sobirovning o‘zi ijro etganida boshqa gap edi. Lekin bir necha yillik kuchli obrazdagi ovoz ampulasiga ega bo‘lgan Ozoda Nursaidovaning buni ijro etgani yaxshi emas. Chunki ijodkor bu toifadagi qo‘shiqlarga nisbatan ancha kuchli ovozga ega. O‘ylashimcha, bu qo‘shiq Ozoda Nursaidovaning minusi bo‘ldi. Orqasidan chiqargan “Lada”si ham xuddi shunday. Nahotki shularsiz uni hech qayerga aytishmayotgan bo‘lsa? Bunday qo‘shiqlarsiz ham uning san’atdagi o‘rni bor edi va kerakli san’atkor edi. Menimcha, bu qandaydir poyganing oqibatlari bo‘lsa kerak. “Men ham trendda bo‘lishim kerak. Kim hit tarona yaratayotgan bo‘lsa u bilan hamkorlik qilishim kerak”, deyishning oqibati shunday bo‘ladi.
Konsta san’atda Hamdam Sobirovning nusxadoshlari ko‘payib borayotganiga ham munosabat bildirdi.
— Hamdam Sobirovning ijodini tag-tugi bilan ko‘chirishmoqda. Musiqasi juda o‘xshash, klipida esa albatta qishloq atmosferasini ko‘rsatishadi. Qo‘ldan kelgancha bachkana va maynavozchilik qilishadi, xuddiki qishloqdagi odamlar shunday deb ko‘rsatmoqchi bo‘lishadi. O‘zim ham Gulistondanman, ammo birorta odamni kliplarda ko‘rsatilayotgandek kiyinganini ko‘rmaganman. Keyin klipda ko‘rsatilganidek qishloq odamlari bachkana emas.
Nazarimda, Hamdam Sobirovning yo‘nalishini ko‘chirib bekor qilishyapti. Ertaga O‘zbekistonda katta konsert qilinadigan bo‘lsa, Hamdam Sobirovni chaqirishadi, ammo unga o‘xshaganlarga qiziqishmaydi. “Originali borku, bunisi nimaga kerak”, deyishadi. O‘zbek san’atiga turli yo‘nalishlarda ijod qiladigan san’atkorlar kerak, Hamdam Sobirov ko‘tarildi degani endi boshqalar u erishgan darajaga chiqolmaydi degani emas.
San’atda birinchi raqamli xonanda degan tushuncha yo‘q. Har bir san’atkor o‘z yo‘lida ijod qilaverishi kerak. Hamdam Sobirov ijod yo‘lini o‘zi topdi, bu kunga yetish uchun harakat qildi. U necha yil deganda o‘z yo‘nalishini topdi, lekin bu uning ortidan kelayotganlar oson yo‘lni tanlab, osonlikcha ergashishlari kerak degani emas, deydi Konsta. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi