16:30 / 02.10.2024
55

Axsikentda zinapoya va noyob yerosti yo‘llari topildi

Axsikentda zinapoya va noyob yerosti yo‘llari topildi
© Namangan viloyati hokimligi
Arxeologlar Axsikentda 2,3 metrlik zinapoya va ikkita noyob yerosti yo‘llariga duch kelishdi, deya xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Axsikentda XI qazuv obyektidan so‘nggi ellik yildagi eng nodir topilmalar topildi.

Axsikentda XI qazuv obyektidan so‘nggi ellik yildagi eng nodir topilmalar topildi.
© Namangan viloyati hokimligi

Arxeologlar transheya qazish jarayonida kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga duch keldilar. Yer tubi tomon to‘rt metr qazilganda sirli yo‘lakning bus-butun arkalariga duch kelindi. Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq chiqarilgach, yo‘lakning 12-pog‘onasi ochildi. Aynan shu nuqtadan yetti metr sharqda qadimshunoslar yana ikkita noyob yerosti yo‘llariga duch keldilar. Taxminlarga ko‘ra, har ikki arkasimon yo‘lak dastlabki topilgan katta yo‘lga bog‘lanadi”, — deyiladi xabarda.

Axsikentda XI qazuv obyektidan so‘nggi ellik yildagi eng nodir topilmalar topildi.
© Namangan viloyati hokimligi

Aytilishicha, barcha yo‘laklar butun, arkasimon holda, metro uslubida nafislik bilan pishiq g‘ishtdan qurilgan.
Hozirda italyancha deya ta’riflangan rakovina, yerosti va polosti isitish tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qo‘l yuvish vositalari ham aynan shu obyektdan 2024 yilgi qazuvlar jarayonida topildi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Axsikentda XI qazuv obyektidan so‘nggi ellik yildagi eng nodir topilmalar topildi.
© Namangan viloyati hokimligi

Axsikent ekspeditsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, obyektning usti oktyabr oyida yopilishi kerak.

Axsikentda XI qazuv obyektidan so‘nggi ellik yildagi eng nodir topilmalar topildi.
© Namangan viloyati hokimligi

Bu obyektning ustini oktyabr oyida uzil-kesil yopishimiz kerak. Agar quruvchilar bunga ulgurishmasa, yana tuproq tashlab konservatsiya qilishimizga to‘g‘ri keladi. Obyekt o‘ta noyob”, — deydi Axsikent ekspeditsiyasi rahbari, professor Abdulhamid Anorboyev.

Hozirda muzeylashtirilayotgan qismlar quyidagilardan iborat:
1. XVIII qazuv obyekti: 10-12 asrlarda faoliyat yuritgan yerosti suv inshootining kuzatuv punkti, birinchi shahristonning 13 asrning boshlariga oid Xorazmshohlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari;

2. XI qazuv obyekti: 11-12 asrlarga oid pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari, Farg‘ona vodiysida ilk bor topilgan Qoraxoniylar davri devoriy rasm namunalari hamda yuqorida qayd etilgan yerosti inshootlari va nodir qurilmalar mavjud;

3. XIX qazuv obyekti: shaharning eramizdan avvalgi 3-1 asrlarida qurilgan mahobatli mudofaa devorlari va yerosti suv yo‘li;

4. XXIV qazuv obyekti: 11-12 asrlarga oid mahobatli turar joy qoldiqlari.

Ma’lum qilinishicha, tez orada 100 gektarga yaqin qismi butun saqlangan yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida "National Geographic" hujjatli film suratga oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Axsikentda zinapoya va noyob yerosti yo‘llari topildi