71
“Muhtasham yuz yil”dagi eng katta yolg‘on: Xurram sulton va Ibrohim o‘rtasidagi munosabatlar aslida qanday edi?
Hozirgacha millionlab kino ixlosmandlari sulton Sulaymon va uning tengi yo‘q rafiqasi Xurram sultonning afsonaviy sevgi hikoyasi haqidagi “Muhtasham yuz yil” serialini tomosha qilishadi. Biroq serial ijodkorlari tomonidan qanday tarixiy noaniqliklar sodir etilganini hamma ham bilavermaydi.
Foto: “Muhtasham yuz yil” serialidan lavha
“Muhtasham yuz yil” serialida Ibrohim posho va Xurram sulton o‘rtasidagi munosabatlar doimo salbiy bo‘lgan, ular Sulaymon podshohga o‘z ta’sirini o‘tkazish maqsadida qoimo kurash olib borgan. Shu bilan birga, vazir Sulaymonning singlisi Xadicha bilan turmush qurgani tasvirlangan. Ammo tarixga ko‘ra, barcha voqealar butunlay boshqacha bo‘lgan.
Avvalo, Xurram sulton va Ibrohim posho o‘rtasida hech qanday adovat bo‘lmagan. Bundan tashqari, vazir va Xurram sulton hayotda bir-birini ko‘rmagan bo‘lishi mumkin, chunki buyuk sultonning xotinlari va kanizaklarini faqatgina Sulaymon sultonning o‘zi yoki haram og‘alari ko‘rishi mumkin bo‘lgan.
Foto: “Muhtasham yuz yil” serialidan lavha
Ehtimol, Xurram va Ibrohim bir-birini yoqtirmagandir, chunki Ibrohim Mustafoni qo‘llab-quvvatlagan, Xurram esa o‘g‘illarining taqdiri haqida bosh qotirgan va aynan uning vorislari taxtga o‘tirishini istagan.
Serialda Ibrohim va Xadichaning Manisadagi ilk uchrashuvi epizodlari ham namoyish etiladi. Biroq haram qoidalariga ko‘ra, sultonning opa-singillari va Volida sultonni faqatgina Sulaymonning hamda bichilgan erkak qullar ko‘rishlari mumkin bo‘lgan. Shuning uchun Xadicha bilan Ibrohimning uchrashib qolish ehtimoli haqiqatdan yiroqdir.
Foto: “Muhtasham yuz yil” serialidan lavha
Tarixga nazar solsak, haqiqiy Ibrohimning Musxina ismli yagona rafiqasi bo‘lgan. Bu qiz Ibrohimni tarbiyalagan ayolning farzandi bo‘lgan. U vazirning vafotigacha Ibrohimning yagona xotini bo‘lib qolgan.
Ma’lumot uchun, Ibrohim Posho Usmoniylar imperiyasining eng nomdor va turk davlati tarixida buyuk iz qoldirgan davlat arbobi, Sulaymon I ning vaziri bo‘lgan. U 1493 yilda hozirgi Gretsiyada joylashgan Parga qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu sababdan Pargali Ibrohim Posho nomi bilan tilga olingan.
Manba: Daryo.uz
Muhtasham yuz yil, Eng katta yolg‘on, Xurram sulton, Ibrohim posho, O‘rtasidagi munosabatlar “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”