Pokistonning yirik kinoteatrlari mamlakat qurolli kuchlari bilan birdamlik ramzi sifatida hind filmlari namoyishini man etdi. Taqiq poytaxt Islomobod va Karachi, Lahor shaharlarida joriy etildi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.
Kinozallar tarmoqlari va alohida kinoteatrlar hind filmlarini kamida bir necha hafta yoki ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izga tushmagunicha ko‘rsatmasliklarini ma’lum qildi. Ayni paytda, kinoteatrlar egalari ushbu qarordan moliyaviy jihatdan zarar ko‘rishi mumkinligini yashirmayapti — Bollivudda ishlab chiqarilgan filmlar Pokistonda juda ommalashgan. Mamlakat kinosanoati qo‘shni davlat bilan raqobatlashishga harakat qilmoqda, biroq hozircha buning uddasidan chiqolmayapti.
Bundan avvalroq Hindiston prodyuserlari assosiasiyasi pokistonlik aktyorlarga Bollivudda ishlash man etilishini e’lon qilgandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar 18 sentyabr kuni Kashmirda hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng taranglashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi