16:00 / 21.10.2024
32

Filmda tomoshabinlarga bosh qahramonlardan ko‘proq yoqqan aktyorlar (foto)

Filmda tomoshabinlarga bosh qahramonlardan ko‘proq yoqqan aktyorlar (foto)
Asosiy bo‘lmagan qahramon boshqalarga qaraganda ko‘proq tomoshabinlar yodida qolishi holatlari juda kam uchraydi, chunki ularga o‘z obrazini to‘liq ochib berish uchun ekranda kamroq vaqt ajratiladi. Biroq ba’zi aktyorlar o‘zining iste’dodi, rolga puxta tayyorgarlik ko‘rgani va ssenariy mualliflarining yaxshi ishi tufayli ikkinchi darajali rollarda diqqat markaziga tushadi.

Heymitch — “Hayot-mamot o‘yinlari”

Foto: Dzen
Muxlislar orasida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar haqida hamon bahs-munozaralar davom etmoqda. Gap shundaki, Jennifer Lourens Ketnissga tashqi jihatdan hech ham o‘xshamas edi va Josh Hatcherson emotsiyalarni yaxshi yoritib bermas edi. Ammo aktyor Vudi Harrelson Heymitch obrazini qoyilmaqom ijro etgan. Uning qahramoni o‘zining g‘ayrioddiy va ba’zan isyonkor xarakteri bilan tomoshabin e’tiborni tortadi. Syujet davom etar ekan, uning xarakteri daqiqa sayin ochilib boradi. Ochlik o‘yinlarida g‘alaba qozonganidan keyin u butun oilasidan ayrildi.

Kliff But — “Bir vaqtlar Gollivudda”

Foto: Dzen
Kliff va Rik ekranda ko‘ringan vaqti deyarli bir xil bo‘lganligi sababli, Kliff ham bosh qahramondek tuyulishi mumkin, biroq Bred Pittning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasida “Oskar” olgan.

Kliff obrazi shu qadar qiziqarli bo‘lib chiqdiki, Kventin Tarantino keyinchalik uning qahramonini film syujetiga bag‘ishlangan kitobida to‘liq ochib berdi. But bilan filmdagi eng yaxshi voqealar, masalan, Charlz Mensonning odamlari bilan uchrashish kabi hodisalar ham bog‘liq.

Loki — “Tor”

Foto: Dzen
Marvel filmlaridagi asosiy salbiy qahramonlar bu antagonistlardir. Marvel olamida o‘nlab antagonist qahramonlar bo‘lgan. Ulardan hech bo‘lmasa beshtasining ismini sanab o‘tish ashaddiy kino ixlosmandlari uchun ham qiyin. Biroq aynan Loki qahramoni salbiy bo‘lishiga qaramay ko‘plab muxlislarning yodida qolgan. “Tor”ning birinchi va ikkinchi qismlarida Loki Torning ashaddiy dushmani bo‘ladi va o‘zining xarizmasi bilan Kris Hemsvortni filmda chetga siqib chiqaradi. Ammo franshizaning uchinchi qismida aktyor Tor obrazini to‘liq ochib berishga muvaffaq bo‘ldi.

Les Grossman — “Omadsiz askarlar”

Foto: Dzen
Tom Kruz doimo qayergadir shoshib, barchani qutqarib yurishiga tomoshabinlar o‘rganib qolgan. Bu safar aktyor karyerasidagi “Omadsiz askarlar” filmidagi roli asosiy tugul, ikkinchi darajali ham emasdi. Uning roli juda kamtar bo‘lib, film syujetiga deyarli ta’sir qilmagan. Biroq kichik rolda ham aktyor filmning eng esda qolarli qismiga aylana oldi.

Tom Kruz toshbag‘ir va jahldor milliarder Less Grossman rolini ijro etgan. Aktyor rolining aksariyat qismini improvizatsiya qilgani uchun obraz juda tabiiy ko‘ringan.

Kapitan Jek Chittak — “Karib dengizi qaroqchilari: qora marvarid la’nati”

Foto: Dzen
“Karib dengizi qaroqchilari” haqidagi filmni ko‘rmagan odamni topish qiyin. Ushbu franshiza Jonni Deppning xarizmasi tufayli deyarli yigirma yildan beri sevib tomosha qilinadi. Ammo dastlab, birinchi filmda Depp shunchaki ikkinchi darajali aktyor edi, uni sikvelga taklif qilish rejalashtirilmagan.

Biroq Jonni shu qadar quvnoq va unutilmas qaroqchi obrazini yaratadiki, u bir zumda tomoshabinlar nazarida bosh qahramonga aylanadi. Aktyor o‘sha paytda ancha mashhur bo‘lgan Orlando Blum va Kira Naytlini osongina ortda qoldiradi. Natijada yillar o‘tib, Jonni Depp tufayli rejissyorlar filmning rejalashtirilgan uchta emas, balki oltita qismini suratga oladi.

Drako — “Garri Potter va tilsim shahzoda”

Foto: Dzen
“Garri Potter” franshizasida Potter obrazini ortda qoldiradigan ko‘plab yorqin qahramonlar mavjud. Bunga Bellatriks Lestreynk, Maykl Gambon ijrosidagi Albus Dambldor, Severus Sneyp, Sirius Blek va boshqalar misol bo‘la oladi. Ammo “Tilsim shahzoda” qismida Drako Malfoy qahramoni tomoshabinga butunlay boshqa tarzda namoyon bo‘ladi. Butun film davomida Garri yana bir sirni ochishga harakat qiladi va bu vaqtda esa Drakoni shubhalar qiynaydi. Bir tomondan, u ota-onasining hayotini saqlab qolishni va Voldemortga iltifot ko‘rsatishni istaydi, boshqa tomondan, u Hogvarsni yoqtirmasa ham, Dambldorga yomonlik qilishni istamaydi. Aynan shu filmda Drako o‘zini ham yovuz, ham ijobiy qahramon, ham salbiy obraz sifatida ko‘rsatgan.

Kelvin Kendi — “Ozod Jango”

Foto: Dzen
2012 yilda Di Kaprio “Ozod Jango” jangovar komediya filmida bosh rolni ijro etadi. Garchi asosiy voqealar boshqa qahramonlar ishtirokida sodir bo‘lsa-da, Leo ijro etgan boy, shafqatsiz quldor va antagonist Kelvin Kendi obrazi alohida e’tiborga loyiqdir. Uning xarakteri, hazil tuyg‘usi va turmush tarzi boshqalardan ajralib turadi, shu sababdan ham bu obrazni filmdagi yorqin rollardan biri deyish mumkin.

Hit Lejer — “Qora ritsar”

Foto: Dzen
Betmen haqidagi filmlar doimo katta qiziqish bilan tomosha qilingan, ammo uning dushmani Joker ekranda ko‘ringanda barchasi o‘zgardi. Hit Lejerning tashrif qog‘ozi albatta, “Qora ritsar” filmidagi Joker roli bo‘ldi. U yaratgan obraz ramziy, chinakamiga murakkab, chuqur va ko‘pchilikning fikricha, idealga aylandi. Aktyor o‘z roliga puxta tayyorgarlik ko‘rdi, hamma narsani mayda-chuydasigacha o‘ylab chiqdi va kamchiliklarni afzalliklarga aylantirdi.

Rosomaxa — “Dedpul va Rosomaxa”

Foto: Dzen
Rosomaxa obrazi filmda bosh qahramon bo‘lib ko‘rinishiga va hatto film nomida uning ismi borligiga qaramay, Hyu Jekman “Oskar” mukofotiga aynan “ikkinchi darajali roli” uchun nomzod bo‘lgan. Ko‘pchilik tomoshabinlar aktyor o‘z rolini Rayan Reynoldsdan yaxshiroq ijro etgan degan fikrda.

Byornam — “Qo‘rquv xonasi”

Foto: Dzen
Vahima xonasi Kristen Styuartning birinchi filmi va Forest Uitakerning navbatdagi loyihalaridan biridir. Butun film davomida tomoshabin bosh qahramonlar haqida qayg‘urishi kerak, ammo bu xavotir beixtiyor Byornam qahramoniga ko‘chadi. Chunki u yovuz emas, balki bolalari bilan birga bo‘lish uchun buni qilishga majbur bo‘lgan mehribon ota bo‘lib chiqadi. Devid Fincher “Qo‘rquv xonasi”ning so‘nggi sahnalarini Byornamni bilan yakunlagani bejizga emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filmda tomoshabinlarga bosh qahramonlardan ko‘proq yoqqan aktyorlar (foto)