29
“Muhtasham yuz yil” serialidagi navbatdagi xatolik: Sulaymon va Mohidavron o‘rtasidagi munosabatlar aslida qanday edi?
Foto: Hibiny.ru
“Muhtasham yuz yil” serialida Mohidavron obrazi suyukli insoni tomonidan tashlab ketilgan va doimo xiyonatdan azob chekadigan ayol sifatida ko‘rsatilgan. U raqibi Xurramga To‘pqopiga kelishdan avval sulton bilan o‘rtamizda yuksak muhabbat bo‘lgan, deya jar soladi. Tarixda ham shunday bo‘lganmi?
“Domashniy” portali mualliflarining xabar berishicha, Xurramdan farqli o‘laroq, Mohidavron oliy tabaqali insonlar farzandi bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Kabardin-Cherkesiya hukmdori Ida Mirzeyning farzandi, Qrim xoni Mengli Girayning nabirasi edi. Serialning boshida Xurram va Mohidavron bir-biriga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi.
Sulaymon va Mohidavron o‘rtasidagi munosabatlar sulton Salimning davrida, Sulaymon shahzoda bo‘lgan paytda boshlangan. U sulton Salimning noibi sifatida Manisada faoliyat olib borgan.
Foto: Fandom
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Mohidavron tug‘ilganida unga Gulbahor ismi qo‘yilgan, biroq serialda ko‘rsatilgani kabi unga Mohidavron ismini sulton bermagan, balki haram tomonidan Mustafo tug‘ilgandan keyin shunday ism bilan chaqirila boshlagan. Serialda esa Mohidavron sultonning birinchi merosxo‘rini dunyoga keltirgani uchun uning haramdagi mavqeyi baland ko‘rsatiladi.
Sultonning Mohidavronga bo‘lgan muhabbati esa kuchli bo‘lmagan. Haramda uning obro‘si Sulaymonning Gulfem va Filyune kabi boshqa kanizaklaridan ortiq bo‘lmagan va barcha ayollar bilan bir xil huquqqa ega bo‘lgan. Serialda Mohidavron qayta-qayta sulton xonim deb ataladi, lekin Sulaymon bu unvonni faqat Xurram uchun maxsus kiritgan va bundan oldin birorta ayol bunga loyiq ko‘rilmagan. Sulton xonim unvonini faqat hukmdorning qonuniy xotini, ya’ni nikohidagi ayol olishi mumkin bo‘lgan.
Foto: Dzen
Istanbulga ko‘chib o‘tgach, Mohidavron va Sulaymonning munosabatlari bir muddat davom etgan, so‘ng Xurramga uyushtirgan muvaffaqiyatsiz suiqasdi tufayli umrbod eski saroyga — Manisaga surgun qilingan.
Ma’lumot uchun: Mohidavron Oysha Hafsa Sultonning singlisi, Sulaymon xolasining qizi bo‘lgan. Qarindoshlik rishtalari tufayli Volida sulton unga nisbatan doim yaxshi munosabatda bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi