“Muhtasham yuz yil”da Xurram va Mohidavron o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liq ko‘plab epizodlar mavjud. Serialda ukrainalik Aleksandra Roksolana aqlli, dono va kuchli ko‘rsatilgan, Mohidavron obrazi esa o‘z haqiqatini himoya qilishdan qo‘rqadigan, suyukli insoni tashlab ketgach, doim rashk o‘tida azob chekadigan ayol sifatida tasvirlangan. Tarixda ham shunday bo‘lganmi?
Foto: Kino Afisha
Qiziqarli tarixiy faktlardan biri shundaki, Sulaymonga Xurramni kanizak sifatida taklif qilgan inson aynan Volida sulton bo‘lgan. Ammo sultonning onasi Xurram bunchalik yuqori darajaga chiqishini va o‘g‘lining ko‘nglini zabt etishini xayoliga ham keltirmagan.
“Muhtasham yuz yil”da Sulaymon har doim haram ishlari bilan qiziqadi va tom ma’noda Xurramning haramdagi obro‘sini ko‘taradi. Tarixan esa Roksolaning hamma narsaga o‘zi erishadi, chunki sulton umrining ko‘p qismini harbiy yurishlarda o‘tkazadi, uning g‘iybat va ma’shuqalari o‘rtasidagi janjallarga vaqti yo‘q edi.
Shu bilan birga, Mohidavron va Xurram o‘rtasidagi janjallar turk ijodkorlari tomonidan serialda ko‘rsatilgandan ancha ziddiyatliroq bo‘lgan. Dzen portalining “Intriganka Velikolepniy vek” kanali yozishicha, tarixda Mohidavron yumshoq fe’lli ayol bo‘lmagan. U Manisaga surgun qilinganiga qaramay boshqa shahardan turib katta janjallar ko‘targan, Sulaymonni rashk qilgani tufayli barcha ayonlarni oyoqqa turg‘izgan.
Foto: Reddit
Bundan tashqari, serialda ko‘rsatilgan ikki dushmanning jangi hayotda ham sodir bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Mohidavron serialdagidek shunchaki shapaloq bilan cheklanmagan. U Xurramga ko‘plab kuchli zarbalar bergan, ko‘ylagini yirtib tashlagan va atrofdagi xizmatchilar ularni to‘xtatib qolgan.
Xurramga qilingan tajovuzdan keyin Mohidavron Manisaga surgun qilingan va serialda ma’lum vaqt o‘tib ayol saroyga qaytib kelgan. Tarixda esa Sulaymon hech qachon uni kechirmagan va Mohidavron umrining oxirigacha boshqa shaharda qolgan.
Ma’lumot uchun: Mohidavron Oysha Hafsa Sultonning singlisi, Sulaymon xolasining qizi bo‘lgan. Qarindoshlik rishtalari tufayli Volida sulton unga nisbatan doim yaxshi munosabatda bo‘lgan. U shahzoda Mustafo va Roziya sultonning onasi bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi