
Bugun, 5 oktyabr kuni xonanda Umar Shamsiev yana bir bor otalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ukasi Qalampir.uz tahririyatiga xabar qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Shamsievlar xonadonida qiz farzand dunyoga kelgan. Xonandaning Usmon va Imron ismli o‘g‘illari bor edi.
“Chaqaloqqa Sojida deb ism qo‘ymoqchimiz”, deydi Shamsievning ukasi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Shamsievlar oilasini muborakbod etib, chaqaloqqa uzoq umr tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar