
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli hamkasbi Charli Shinning sobiq rafiqasi — Deniz Richardsga tegishli uyni ijaraga oldi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uyning maydoni 800 kvadrat metrni tashkil qiladi. U Kaliforniya shtatining Xidden-Xils shahrida joylashgan. Binoda oltita yotoqxona, launj-zona, emakxona, oshxona va vino totish zali bor.

Richards xonim uyni 2007-yilda, eridan ajrashganidan so‘ng xarid qilgan edi. O‘tgan yili u uyga 7,75 million dollar narx belgilab, uni sotuvga qo‘ydi. Shundan so‘ng u uyning narxini ikki marta tushirdi, lekin xaridor chiqmadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Anjelina Jolining eri — taniqli aktyor Bred Pitt bilan ajrashishi matbuotda qizg‘in muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar