
Harper’s Bazaar moda jurnali Turkiyada oʻzining navbatdagi “Yil ayollari” marosimini oʻtkazdi. Mukofotlar turli nominatsiyalar boʻyicha egalariga topshirildi.
Yil aktrisasi

Foto: Dzen
Birje Akalay “Yil aktrisasi” deb topildi. Joriy yilda uning ishtirokida “Bir Cumhuriyet şarkısı” (“Respublika qoʻshigʻi”) filmi suratga olindi. Birje ekranda turk xalqining birinchi opera kuychisi Nimet Vohidaxonim rolini ijro etdi. Film turk xalqining otasi va bosh qahramoni hisoblangan Mustafo Kamol Otaturk hayotiga bagʻishlangan, shuning uchun ushbu obraz e'tibordan chetda qolmagan.
Burje Akalay marosimga aktyor Hakan Kurtash bilan birga tashrif buyurdi. Kechada u turkiyalik dizayner Özgür Mazur brendiga mansub qizil libosda boʻldi.
Digital Star (Yilning raqamli yulduzi)

Foto: Dzen
Ushbu nominatsiyada aktrisa va model Hande Erchel gʻolib chiqdi. Hande nafaqat Turkiyada, balki Evropada ham bir nechta yirik ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Aktrisa butun dunyodan millionlab muxlislarga ega. Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga 31 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna boʻlgan.
Erchelning oʻzi ijtimoiy tarmoqlarda juda faol: u nafaqat ishi va loyihalari, balki sayohatlari haqida ham koʻp ma'lumotlar beradi.

Foto: Taka Gazete
Hande mazkur tadbir uchun Versace’dan koʻylak tanladi.
Yilning eng yosh iste'dodi

Foto: Dzen
Ushbu nominatsiyada Su Burju Joʻshkun gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 19 yoshli aktrisa joriy yilda “Tungi ertak” serialida ishtirok etdi. Su Burju allaqachon tajribali aktrisa boʻlib, u oʻz faoliyatini 9 yoshida boshlagan.
Yil dizayneri

Foto: Dzen
Ushbu nominatsiyada gʻoliblik Jeylin Turkkan Bilge ismli mashhur dizaynerga nasib etdi. U Istanbul texnika universitetining dizayn fakultetini tamomlagan va Siedres brendiga asos solgan. Siedres joriy yilda Parijda ham taqdim etildi hamda Gollivudda ham mashhur boʻla boshladi. Turkkan Bilge tadbirga oʻzining brendiga mansub qizil lisobda tashrif buyurdi.
Yil olimasi

Foto: Dzen
Nashide Goʻzde Durmush “Yilning eng yaxshi ayol olimi” boʻldi. U saraton kasalligini davolash sohasida kashfiyot qildi. Nashide saraton hujayralarini aniqlay oladigan magnit chip ishlab chiqdi. U Istanbul universitetining molekulyar biologiya fakultetini tamomlagan, soʻng Stenford universitetida grant asosida oʻqishni davom ettirgan. Hozirda Durmushning shaxsiy laboratoriyasini mavjud, u erda mutaxassis saraton kasalligini davolash sohasida yangi texnologiyalar ustida ish olib boradi.
Ayollar huquqlarini targʻib qilganlik uchun mukofot

Foto: Dzen
Ushbu nominatsiyadagi mukofot aktrisa Maryam Uzerliga berildi. U haqiqatan ham soʻnggi vaqtlarda ayollar huquqlari haqida koʻp chiqishlar qiladi va ayollarni muhofaza qilish, ularning huquqlarini cheklamaslik mavzularida turli forumlarda qatnashadi.
Mukofotni olar ekan, u Turkiyada soʻnggi paytlarda ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida koʻp gapirilayotganini, ammo ushbu muammo hali ham oʻz echimini topmaganini aytib oʻtdi:
“Ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida gapirganda, yosh aktrisalarga murojaat qilasiz, nega bu haqda gapirmaysiz, nega bu mavzuga munosabat bildirmaysiz, deysiz. Ammo erkaklar-chi? Ular nega mu muammoni koʻtarmaydi?” dedi Uzerli.

Foto: Instagram
Marosimga aktrisa dizayner Bahar Bukerga tegishli turk brendi Luna B libosida tashrif buyurdi.
Yil sportchisi

Foto: Dzen
“Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasida tennischi Zeynep Soʻnmez gʻolib boʻldi. U WTA turniri chempioniga aylanganida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon nutq soʻzlab, Zeynepni mamlakatning haqiqiy faxri ekanligini ta'kidlagan edi.

Foto: Taka Gazete “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar