Moskva Kreml davlat saroyida “O‘zbekiston yulduzlari oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert Rossiyadagi O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida tashkil etildi.
Tadbirda ikki davlat madaniyat vazirlari, ishbilarmonlik doiralari vakillari, diplomatlar va san’at namoyondalari ishtirok etdi.
Konsertda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov tomonidan o‘zbek milliy mumtoz va estrada qo‘shiqlarini ijro etishdi. Shuningdek, o‘zbek, rus xalq qo‘shiqlari, jahon opera klassikasi durdonalari yangradi.
Tomoshabinlar O‘zbekiston xalq artisti Kamolidin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli dasturlaridan bahramand bo‘lishdi.
Saroy foyesida o‘zbek xalqi madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma ham taqdim etildi. Yulduzlar bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi madaniyat rishtalarni mustahkamlashini ta’kidlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi