Shu kunlarda Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlarida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi ko‘magida “Koreya festivali-2016” madaniy tadbiri o‘tkazilmoqda. Mazkur festival doirasida Toshkentda 17 oktyabr kuni “Koreya kinosi kunlari”ga rasman start berildi.
Bu haqda xabar qilgan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U o‘z nutqining boshini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga atalgan hamdardlik so‘zlari bilan boshladi. Elchi mazkur festival O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarini Koreya madaniyati bilan tanishishi uchun imkoniyat yaratishini ta’kidladi.
Samarqand shahrida “Koreya kinosi kunlari” 18 oktyabrda ochilgan bo‘lsa, Buxoroda 19 oktyabrda ochilishi mo‘ljallangan.
“Koreya kinosi kunlari” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 20 oktyabrgacha, Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida 21 oktyabrgacha va Buxoroning musiqa drama teatrida 22 oktyabrga qadar davom etadi.
“Koreya festivali” davomida Koreya milliy musiqa va raqs konserti, Koreya milliy o‘yinlari, rasmlar tanlovi va shu kabi qator qiziqarli madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?