09:13 / 17.01.2025
7 081

Sinchkov muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil oʻtgachgina payqab qolishdi

Sinchkov muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil oʻtgachgina payqab qolishdi
Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ishtirokidagi mashhur “Titanik” filmi 1997 yilda ekranlarga chiqdi. Jeyms Kemeronning kruiz laynerining halokati haqidagi dramatik blokbasterida yana bir qoʻpol xatoni koʻrish mumkin. Ushbu sahna kartinaning yakuniy qismida, kema allaqachon yorilgan va choʻka boshlagan paytda boʻladi. Ehtiroslar va his-tuygʻularning joʻshqinligi avj nuqtasiga etgan, Di Kaprio qahramoni esa quvurga kishanlangan holda qolib ketgan edi.

Bu epizodda Rouz Jekni qutqarish uchun keladi. Yigit keng oq koʻylak va “podtyajka”li shimda. U qizdan bolta bilan avval shkafga, keyin esa kishanlarga urishni soʻraydi. Tasvirchi kamerani sevishganlarga, keyin yana Jekka qaratganda “podtyajka”lar qayergadir gʻoyib boʻlganini koʻrish mumkin.

Jek kiyimidagi “podtyajka”ni oʻzi echib ololmasligi aniq — u haliyam kishanlangan holatda. Taxmin qilish mumkinki, kadrlar turli vaqtlarda suratga olingan va dubllardan birida “podtyajka”lar yoʻqligini payqashmagan, montaj paytida esa aynan shu kadr yakuniy versiyaga kiritilgan. Shunday qilib, 1998 yilda Amerika kinoakademiyasining 11 ta “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan afsonaviy film taqdiriga hech qanday ta'sir koʻrsatmaydigan yana bir xatoga ega epizod paydo boʻldi.

Koʻpgina tomoshabinlar eski va qadrdon filmlarni qayta koʻrishni yaxshi koʻrishadi. Koʻplab sahna va dialoglarni yod bilishadi ham. Shu bilan birga, filmni diqqat bilan tomosha qilsangiz, bu epizoddan tashqari juda koʻp qiziqarli detallarni payqash mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat