23:44 / 18.01.2025
84

Aktyorlar hayotini oʻzgartirib yuborgan 7 ta muhim rol

Aktyorlar hayotini oʻzgartirib yuborgan 7 ta muhim rol
Kino sanoatida e'tirofga erishish uchun aktyorlar koʻp va qattiq mehnat qilishlari kerak. Ba'zan bu ham kamlik qiladi. Bunday paytda omad yordamga kelmasa, hammasi bekor — Deniyel Redkliff, Juliya Roberts, Eddi Myorfi va boshqalar shular jumlasidan.

Juliya Roberts va “Sohibjamol” (1990)

“Sohibjamol” filmi yengiltabiat Viven ismli qiz va moliyaviy magnat Edvard Lyuis oʻrtasidagi kutilmagan munosabatlar haqida hikoya qiladi. Juliya Roberts va Richard Gir bosh rollarni ijro etgan bu romantik komediyaga 30 yildan oshgan boʻlsa-da, bu rollar har ikkala aktyor uchun ham eng xotirada qolarli va yorqin ijro namunalaridan biri boʻlib qolmoqda.

Leonardo Di Kaprio va “Titanik” (1997)

Leonardo DiKaprio superyulduz unvoniga Jek Douson roli orqali erishdi. Qizigʻi shundaki, aktyor “Titanik” filmida ishtirok etishni istamagan, buning sababini syujet zerikarli deb tushuntirgan. Shunda Jeyms Kemeron oʻjar aktyorga film ekranlarga chiqqanidan soʻng uni qanday kelajak kutayotganini tushuntirishga majbur boʻladi. Keyinchalik DiKaprio faqatgina kelishgan yigitlarni emas, balki boshqa rollarni ham mahorat bilan ijro eta olishini isbotladi. Uning ijro etgan obrazlari orasida “Ozod Jango” vesternidagi shafqatsiz quldor Kelvin Kendi, “Uoll-strit boʻrisi” jinoiy dramasidagi ashaddiy firibgar Jordan kabi rollar bor. Shuningdek, “Omon qolgan” filmida tabiatga qarshi kurashuvchi ovchi rolini ham ijro etdi. Aynan shu rol uchun DiKaprio uzoq kutilgan “Oskar” mukofotiga sazovor boʻldi.

Tobi Maguayr va “Oʻrgimchak odam” (2002)

Superqahramon haqidagi mashhur film ekranlarga chiqmasidan oldin Tobi Maguayr boshqa filmlarda ham suratga tushgan edi. U “Plezantvill” fantastik filmidagi omadsiz Devid rolini ijro etgani uchun eng yaxshi yosh aktyor sifatida “Saturn” mukofotiga sazovor boʻldi. Biroq tomoshabinlar uni asosan “Oʻrgimchak odam” komikslari asosida suratga olingan filmda Piter Parker roli orqali eslab qolishgan.

Eddi Myorfi va “48 soat” (1982)

“48 soat” nomli kriminal komediyadagi jinoyatchi Reji Xemmond roli Eddi Myorfiga “Oltin globus” nominatsiyasini olib keldi. Filmdagi ishi aktyor uchun kinodagi debyuti boʻldi, shundan soʻng u iste'dodli komediyachi sifatida shuhrat qozondi. Shundan soʻng Myorfi Aksel Fouli rolini oʻynagan “Beverli-Xillz politsiyasi” uning yulduz maqomini yanada mustahkamladi.

Deniyel Redkliff va “Garri Potter va hikmatlar toshi” (2001)

Xogvarsning yosh sehrgari roli Redkliffni chinakamiga mashhur qildi. Uning qahramoni — zinapoya ostidagi qaznoqda yashovchi etim bolaga axiri taqdir ham kulib boqadi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Deniyel franshiza chiqqunga qadar ham kinoda rol oʻynagan. Masalan, u Pirs Brosnan bilan “Panamadagi bandargoh” dramatik trillerida bosh rolni ijro etgan. Uning karerasi esa “Devid Kopperfild” telefilmidan boshlangan. Shunga qaramay, aktyorni aynan sehrgar bola roli dunyoga mashhur qildi.

Uma Turman va “Jinoiy asar” (1994)

Uma Turman “Jinoiy asar” filmi rejissyori Kventin Tarantinoni ham oʻziga rom qilgan goʻzal qiz Mia roli uchun “Oskar” nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Tarantinoning oʻzi ham bir necha bor Uma Turman uning ilhom manbayi ekanligini tan olgan edi. Aktrisa rejissyorning “Billni oʻldirish” jinoiy jangari filmining ikkala qismida ham suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat