Foto: Variety
Amerikalik aktrisa Kemeron Dias kino sanoatida ishlamagan oʻn yillik tanaffus vaqti hayotining “eng yaxshi yillari” boʻlganini tan oldi. Bu haqda u The Graham Norton Show dasturida aytib oʻtdi.
“Aytish lozimki, menga bu tanaffus juda yoqdi. Filmlarda suratga tushmagan yillarim hayotimda oʻtkazgan eng yaxshi vaqt boʻldi. Men oʻzimni avvalambor ona, rafiqa rolida koʻrdim va juda baxtli hayot kechirdim”, dedi Dias.
Aktrisaning qoʻshimcha qilishicha, u kino sohasiga qaytganidan ham mamnun. Oʻn yillik tanaffusdan soʻng Dias Netflix striming platformasi tomonidan taqdim etilgan “Back in action” (“Yana ishga”) filmida suratga tushdi.
Kemeron Dias “Shrek 5” filmidagi Fiona obraziga yana bir bor ozov berishni istaydi. Shuningdek, agar Jim Kerri ham ishtirok etsa, 1994 yilda suratga olingan “Niqob” komediyasining davomida suratga tushishga ham darhol rozi boʻladi.
Diasning ta'kidlashicha, kino sohasidan uzoqlashish unga oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish va ruhan dam olish imkonini berdi. Aktrisa filmlarda suratga tushishni rad qila boshlaganidan soʻng bir necha yil unga rollar taklif etilaverdi. Ammo vaqt oʻtib takliflar kelishi toʻxtadi.
Uzoq muddatli tanaffusdan keyin kinoga qaytishni Dias “katta imkoniyat” deb atadi:
“Agar men uni qoʻldan boy bersam, odamlarga kulgi ulashadigan filmlar yaratishga boʻlgan ishtiyoqim soʻnib qoladi. Hozirgi imkoniyatdan foydalanmaslik ahmoqlik bilan barobar”, dedi u.
“Niqob” filmidan lavha
Ma'lumot uchun, 2018 yilda Kemeron Dias kinodan ketishga qaror qilib, oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni istaganini aytgandi. Diasning ijtimoiy tarmoqlaridagi profili endi uning yulduz emas, balki uy bekasi ekanligini koʻrsatadi. Profil tavsifida birinchi oʻrinda “ona”, ikkinchi oʻrinda esa “aktrisa” deb yozilgan.
“Kinoda suratga tushayotganingda senga xuddi toʻliq egalik qilishgandek boʻladi. Suratga olish maydonchasida kuniga 12 soatlab bir necha oy ishlaysan. Boshqa narsalarga vaqt qolmaydi. Men hayotimning bir qismini boshqa odamlarga berayotganimni angladim. Ular umrimni olib qoʻyishmoqda edi. Shunchaki hayotimni qaytarib olishim, hayotim uchun mas'uliyatni oʻz zimmamga olishim kerakligini tushunib etdim”, deya tushuntirgan edi Kemeron. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar