Foto: Netflix
“Kalmar oʻyini 2” serialining ikkinchi mavsumi oʻtgan yilning oxirida Netflix tomonidan namoyish etildi va kino sanoatida katta shov-shuvga sababchi boʻldi. Serial qisqa vaqt ichida barcha boshqa seriallarni ortda qoldirdi, tomoshabinlar soni esa kundan kunga ortib bormoqda.
Televideniye, radio, kino va boshqa OAV auditoriyasini hisoblash bilan shugʻullanuvchi xalqaro Nielsen kompaniyasi ma'lumotlariga koʻra, antiutopiyaning davomi 23—29 dekabr kunlari 4 milliard daqiqadan koʻproq tomosha qilingan. Ya'ni, tomoshabinlar tomonidan bir haftalik koʻrishlar vaqti toʻqqiz yilni tashkil qilgan.
“Kalmar oʻyini 2” koʻrishlar vaqti boʻyicha boshqa raqobatlashuvchi seriallardan ikki baravar koʻp boʻlsa-da, 23 dekabrdan 29 dekabrgacha ettita boshqa loyihalar bir milliard daqiqadan koʻproq koʻrilgan. Masalan, “Qizil” filmi deyarli 2 milliard, “Qoʻl yuki” trilleri esa 1,5 milliard daqiqa tomosha qilingan.
Janubiy Koreyada suratga olingan mazkur serialning ikkinchi mavsumi 2024 yil 26 dekabr kuni Netflix’da taqdim etildi. Shou Rotten Tomatoes platformasida tanqidchilar tomonidan 83%, tomoshabinlar tomonidan esa 63% ijobiy baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar