17:00 / 29.01.2025
18 745

Afra Sarachoʻgʻli bilan ishqiy munosabatlari oshkor boʻlgan Mert Ramazon Demir 27 yoshda

Afra Sarachoʻgʻli bilan ishqiy munosabatlari oshkor boʻlgan Mert Ramazon Demir 27 yoshda
Yosh boʻlishiga qaramay nafaqat vatani Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham mashhurlikka erishgan aktyor Mert Ramazon Demir joriy yil 28 yanvar kuni 27 yoshni qarshi oldi. Quyida “Qoʻrgʻon sirlari”dagi Ferit Korhan obrazi orqali millionlab tomoshabinlar va muxlislarga ega turk yulduzi haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Foto: Dzen
1. Koʻp farzandli oila

Mert Ramazon Demir tadbirkorlar oilasida tugʻilgan, uning otasi Turkiyaning Shile viloyatida hunarmand va savdogar boʻlgan. Boʻlajak aktyorning onasi uy bekasi boʻlgan va bolalar tarbiyasi bilan shugʻullangan. Mert Ramazon besh nafar oʻgʻilning kenjasi. Shuningdek, undan keyin oiladagi yagona qiz farzand — singlisi Zeyner dunyoga kelgan.Mertning bolaligi Shile viloyatining kichik qishlogʻida oʻtgan.

Demirning ota-onasi qiyin kunlarni boshdan kechirgan, oila doimo pulsizlikdan qiynalgan, lekin oila a'zolari oʻrtasidagi iliq va ishonchli munosabatlar ularga har doim barcha toʻsiqlarni engib oʻtishga yordam bergan.

Foto: Haberler
Mert maktab davrini Istanbuldan 50 kilometr uzoqlikda oʻtkazgan, talabalik yillarida esa doim ham uy-joy toʻlovi uchun mablagʻ topa olmagan, shu sababli aktyor erishgan barcha yutuqlari uning uzoq mehnat samarasi hisoblanadi.

2. Sportga va lukum boʻlgan ishtiyoq

Foto: Instagram
Mert maktab yillarida futbol va basketbolga mehr qoʻygan hamda professional sportchi boʻlishni orzu qilgan. Uning jismonan baquvvat koʻrinishi “Muhtasham yuz yil: Koʻsem imperiyasi” tarixiy serialini suratga olish paytida yordam bergan. U erda aktyorlar bir hafta davomida suratga olish uchun jiddiy tayyorgarlik koʻrgan: ular mashgʻulotlar lagerida yashab, ot minish, qilichbozlik kabi koʻnikmalarni oʻrgangan.

Foto: Haberler
Mert Ramazon bu vaqtda sportni tark etmadi, hatto qoʻshimcha tarzda boks, suzish va stol tennisi bilan ham shugʻullana boshlagan.

Bundan tashqari, Mert Ramazon shirinliklarni juda yaxshi koʻra, ayniqsa Turkiyaning rahat lukumisiz hayotini tasavvur eta olmaydi. Bu haqda aktyorning oʻzi intervyulardan birida tan olgan.

3. Kinoga muhabbat paydo boʻlishi

Foto: Dzen
Ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirning pesasi 17 yoshli Mertni shu qadar hayratda qoldirdiki, u aktyorlik kasbiga qiziqa boshladi. Uning soʻzlariga koʻra, aynan Hamlet obrazi Mert oʻzida sinab koʻrgan birinchi rol boʻlgan:

“Oʻshanda 17 yoshda edim — akam bilan yashardim, u Denizlidagi kollejda oʻqirdi. Men “Hamlet” pesasiga tayyorlanayotgan edim. Oʻsha lahzani eslaganimda, menga juda ajoyib tuyuladi. Teatrga juda qiziqib qolganman: bu hayotimdagi birinchi rolim edi”, deydi u.

Shu paytdan boshlab yosh sportchi ijodkorlikka qiziqib qoldi, soʻng Dialog Lecture Communication maktabida aktyorlik boʻyicha oʻqidi. Keyin Mishel Dannerning Istanbul studiyasiga topshirdi. Shu yillarda boʻlajak aktyor turli kastinglarda qatnasha boshladi.

4. “Ustoz” seriali va bezorilik

“Ustoz” filmidan lavha
Koʻp oʻtmay u “Fazilat xonim va uning qizlari” teleserialida kichik rol oʻynadi. Ushbu loyihaning suratga olish ishlari tugagandan soʻng, Mert nihoyat aktyorlik uning taqdiri ekanligiga amin boʻldi. Oʻsha paytda “Ustoz” teleserialidagi roli unga katta shuhrat keltiradi. Maktabdagi bezorilik mavzusiga toʻxtalgan ushbu serialda aktyor Atesh rolini ijro etdi. Qizigʻi shundaki, maktabda yosh Mert ramazonning sinfdoshlari uni qalin qoshlari uchun masxara qilishgan, shuning uchun yigit juda uyatchan boʻlib ulgʻaygan.

Shundan soʻng Mert Ramazonning aktyorlik karerasi tezlik bilan rivojlana boshladi. U muntazam ravishda yangi loyihalarga chaqiriladi, mashhur brendlar ham unga bir necha million dollarlik reklama shartnomalarini imzolashni taklif qildi.

“Men senman” filmidan lavha
Bu orada u “Usmonli imperiyasining yuksalishi”, “Shohmoron”, “Oʻlish vaqti emas”, “Yalangʻoch”, “Men senman”, “Ovozingda muhabbat bor” kabi filmlarda rol oʻynadi.

5. “23” va boshqa tatuirovkalar

Foto: Dzen
Mert Ramazon Demirning bir nechta kichik tatuirovkalari bor. Masalan, uning oyogʻida 701 raqami tushirilgan. Aktyorning soʻzlariga koʻra, bu mehmonxona nomeri boʻlib, u erda hayotidagi muhim voqea sodir boʻlgan. “To the wonder” iborasi esa aktyorning bilagida tushirilgan.

Yaqinda esa aktyorning qoʻlida yana bir tatuirovka — “23” soni paydo boʻldi. Muxlislarning taxminiga koʻra, u aktyorning qalligʻiga bogʻliq raqam boʻlib, ilk uchrashuv yoki kelajakdagi toʻy sanasini bildirishi mumkin.

6. Shaxsiy hayot

Foto: Instagram
Mertning birinchi muhabbati Aysa ismli qiz boʻlgan, ammo ularning munosabati aktyor Istanbulga koʻchib oʻtganidan soʻng nihoyasiga etgan.

“Qoʻrgʻon sirlari” filmini suratga olish paytida, hali mashhur boʻlmasidan oldin, aktyorning shaxsiy hayoti haqida ishonchli ma'lumotlar yoʻq edi. Soʻng 2023 yilda Demir va uning hamkasbi Afra Sarachogʻli oʻrtasida ishqiy munosabat boʻlganligi haqida mish-mish paydo boʻldi. Bir necha oy oʻtgach, turk ommaviy axborot vositalari hatto ularning birgalikdagi ta'tilining yorqin fotosuratlarini ham chop etdi.

Darhaqiqat, aktyorlar avvalroq tanish boʻlgan, ular “Oʻqituvchi” va “Fazilat xonim qizlari” loyihalarida birga ishlashgan.

2023 yilning qishida Afra Mert bilan oʻrtasida hech narsa yoʻqligini aytdi. Shundan soʻng ommaviy axborot vositalari ularning ajralishi haqidagi xabarlar bilan tom ma'noda “portladi”.

Foto: Dzen
Biroq Mert Ramazon va Arfaning 2025 yil yanvar oyida Portugaliyada birga dam olgani ularning unashtirilgani haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi. Ayrim ommaviy axborot vositalari esa yulduzli juftlik toʻyga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida xabar bermoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat