00:18 / 02.02.2025
0

“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofotida kimlar taqdirlandi?

“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofotida kimlar taqdirlandi?

31 yanvar kuni muhtasham “Renessans hall” tadbirlar zalida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston madaniyat va san'at sohasida ulkan yutuqlarga erishgan ijodkorlar orasidan eng iqtidorlilari mukofotga loyiq deb topildi.

Kechada Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi matbuot kotibi, suxandon Sirojiddin Oʻsarov hamda Laziza Nozimxonova boshlovchilik vazifasini oʻtadi.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Bu yilgi taqdirlash marosimi avvalgilaridan farqli ravishda yangi ruh va formatda oʻtkazildi. Mukofot sohiblari madaniyat va san'atning turli yoʻnalishlarida ijod qilayotgan nomzodlar orasidan saralandi. 20 nafar ijodkor ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Mukofot gʻoliblari maxsus statuetka, sertifikat va bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Mukofot turli yoʻnalishlar boʻyicha berildi.

Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yoʻnalishi:

Yilning eng yaxshi spektakli – “Choʻlpon” spektakli;

Yilning eng yaxshi badiiy filmi – Bahodir Yalangtoʻsh;

Yilning eng yaxshi qoʻgʻirchoq spektakli – Qashqadaryo viloyati “Alp oʻgʻlon” spektakli;

Yilning eng yaxshi teatr aktyori – Hamza Hasanov;

Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi – Sevara Shodiyeva;

Yilning eng yaxshi teatr rejissyori – Obidjon Abdullayev;

Yilning eng yaxshi qiziqchisi – Jamshid Normatov;

Yilning eng yaxshi tsirk artisti – Darina Matveyeva.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Estrada, an'anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san'ati yoʻnalishi:

Yilning eng yaxshi an'anaviy erkak xonandasi – Bobur Kenjayev;

Yilning eng yaxshi an'anaviy ayol xonandasi – Adolat Ismoilova;

Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Otabek Nazirov;

Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi – Gʻaybulla Tursunov;

Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Jasmin (Madina Fayzullayeva);

Yilning eng yaxshi orkestri – Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri;

Yilning eng yaxshi raqqosasi – Dilnoza Mirzayeva;

Yilning eng yaxshi sozandasi – Saidakbar Tursunxoʻjayev;

Aholiga xizmat qilgan yilning eng yaxshi kutubxonasi – Sa'dulla Qurbonboyev;

Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) – Qutlibeka Rahimboyeva;

Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi – Respublika Turkman milliy madaniy markazi;

Yilning eng yaxshi media loyihasi – “Ovoz”.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

 Bu mashhurlik mukofoti emas, bu xalqqa sidqidildan xizmat qilayotganlarning mukofoti! Ular beminnat, shu bilan birga mehnati evaziga hech nima kutmay ijod qilayotgan ijodkorlardir. Ularning faoliyati hujjatlarda turibdi, qayd etilyapti. Madaniyat vazirligining barcha tadbirlarida faol boʻlib, respublikaning eng chekka hududlariga ham borib askardek xizmat qilib kelishyapti. Balki, ularni xalq tanimasligi mumkin, ammo xalqqa beminnat xizmat qilayotganlarni e'tirof etmasak, kimni e'tirof etishimiz kerak? Bemalol oʻzi kontsert berib, bemalol oʻzi vaynlar olib, reklama, toʻylardan yaxshi daromad olib yurganlarni Madaniyat vazirligi bu nuqtayi nazardan baholashi toʻgʻri boʻlmaydi. Vazirlik koʻzga koʻrinmagan, mehnati katta boʻlsa-da parda ortida qolib ketayotgan fidoyilarni taqdirlashni maqsad qilgan, deydi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistlarga bergan intervyusida.

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat