08:37 / 11.02.2025
336

Zendaya va Tom Holland toʻyga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?

Zendaya va Tom Holland toʻyga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
Foto: The Hollywood Reporter
Zendaya va Tom Hollandning toʻyga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida ilk bor 2025 yil boshida boʻlib oʻtgan “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimidan soʻng xabarlar tarqala boshladi, deb yozadi Daryo nashri.

Aktrisa marosimga nomsiz barmogʻida yirik olmos uzuk taqqan holda tashrif buyurgan edi. Shunga qaramay, ularning nikohdan oʻtishi haqidagi yangiliklar hech kimni ajablantirmadi, chunki muxlislar “Oʻrgimchak odam”da juftlik rolini oʻynagan bu aktyorlarning birga boʻlishini uzoq vaqtdan beri orzu qilishgan, ularning filmdagi sevishganlar ijrosi esa juda ishonarli chiqqan.

“Toʻyga taraddud bir necha oy avval boshlab yuborilgan. Mish-mishlarga koʻra, nikoh marosimi joriy yil yozda yoki kech kuzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi insayder.

Tom Zendayaga Rojdestvo ta'tili paytida, Zendayaning AQShdagi oilaviy uylaridan birida turmush qurishni taklif qilgan edi.

Foto: The Hollywood Reporter
Toʻy marosimi keng koʻlamda va hashamatli boʻladi. Yaqin kelajakda turmush qurmoqchi boʻlganlarning asosiy muammolaridan biri bu logistika boʻlib qolmoqda. Shunga qaramay, yoshlar toʻyni intiqlik bilan kutishmoqda.

“Ular hozirda juda ham baxtli. Tom va Zendaya bir vaqtda ham sevishganlar, ham eng yaqin doʻstlardir. Ularning munosabatlari har tomonlama sogʻlom va ijobiydir”, deyiladi xabarda.

Hozirda juftlik yangi uy qidirish bilan band. Ular birgalikda kattaroq koʻchmas mulk sotib olishni istaydi. Shuningdek, Los Anjelesdagi uylardan birini ijaraga olishni niyat qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat