08:15 / 15.02.2025
2 030

Rossiyada “Sevgi iztirobi” turk serialining remeyki suratga olinadi

Rossiyada “Sevgi iztirobi” turk serialining remeyki suratga olinadi
Turk kinosini jahonga mashhur qilgan loyihalardan biri — “Sevgi iztirobi” serialining remeyki Rossiyada suratga olinadi. Hozirda internetda bosh rollarni Burak Oʻzchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganjiogʻlu ijro etgan serial adaptatsiyasi haqidagi xabarlar qizgʻin muhokama qilinmoqda, deb yozadi Daryo nashri.

Foto: The Girl
Rus OAV ma'lumotlariga koʻra, Norm Production studiyasi serialning remeykini suratga olishni oʻz zimmasiga olgan. Kompaniya oʻzining “Kalimba” va “Gusar” loyihalari bilan tanilgan. Boʻlajak loyihaning birinchi mavsumi 85 qismdan iborat boʻladi va 2026 yildan keyin ekranlarda namoyish qilinadi.

Foto: The Girl
Eslatib oʻtamiz, “Sevgi iztirobi” nufuzli Emmi mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi turk loyihasidir. Serial 2015—2017 yillar davomida suratga olingan. Undagi qiziqarli voqealar rivoji va ajoyib muhabbat hikoyasi butun dunyo tomoshabinlarining e'tiborini jalb qilgan.

Serial syujeti

Serial bosh qahramonlar — oddiy oila farzandi boʻlgan Kamol va badavlat oilaning qizi Nihonning sevgi tarixiga asoslangan. Ular bir-birini yoqtirib qolishadi, biroq jamiyatdagi tabaqalanish, oilaviy bosimlar va fitnalar ularning baxtiga toʻsqinlik qiladi. Amir esa Nihonni oʻziga turmushga chiqishga majbur qiladi. Shundan soʻng Kamol va Nihon ogʻir sinovlarga duch keladi. Ularning sevgisi iztiroblar va kurashlarga toʻla boʻladi.

“Sevgi iztirobi” nafaqat Turkiyada, balki Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, arab davlatlari va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat