
Blogger Ozod Xurramov noma’lum shaxs tomonidan Turkiyada ruhiy bosimga uchrayotgani sababli joniga qasd qilishga uringanini ma’lum qildi. U bu haqda Instagram sahifasida videomurojaat e’lon qildi.
U Shavkat Mirziyoyev, Saida Mirziyoyeva, prokuratura hamda O‘zbekistondagi Turkiya konsulligiga murojaat qilib, holatga e’tibor qaratishlarini so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turk fuqarosi bo‘lmagan bir shaxs unga so‘nggi 1,5 yil davomida bosim o‘tkazib kelmoqda.
Blogger tafsilotlar va shaxslarning ismini oshkor qilmagan, biroq ruhiy holatidan xavotirda ekanini ta’kidlagan. U ikki marta o‘z joniga qasd qilishga harakat qilganini va bu holat yana takrorlanishidan qo‘rqayotganini bildirgan.
"So‘nggi 1,5 yil ichida men juda katta bosim ostida yashayapman. Menga juda qattiq ruhiy ta’sir o‘tkazilmoqda. Bor-yo‘g‘i 23 yoshdaman, lekin ikki marta o‘z jonimga qasd qilishga urindim. Bu holat yana takrorlanishini istamayman! Hali yoshman va yashashni xohlayman. Onam, ukam va singlim bor. Mendan xabar oling, iltimos, yordam bering!", — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar