09:07 / 04.03.2025
997

Maksim Galkin 75 yoshli Alla Pugachyovaning yangi suratini e’lon qildi

Maksim Galkin 75 yoshli Alla Pugachyovaning yangi suratini e’lon qildi
Mashhur rossiyalik shoumen va yumorist Maksim Galkin o‘zining Instagram sahifasida 75 yoshli rafiqasi, estradamiz primadonnasi Alla Pugachyovaning yangi suratini e’lon qildi. Bu qaror ba’zi kuzatuvchilarining eski oilaviy fotosuratlarni joylashtirganidan norozilik bildirishidan keyin qabul qilindi.

Yangi suratda Alla Pugachyova sariq libosda, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va kepka taqqan holda hovuz yonida suratga tushgan. Galkin ushbu surat ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:
“Ba’zi do‘stlar eski suratlar haqida shikoyat qilishdi. Mana sizga yangisi, bugungi bayramdan! Barchaga salom!”

Foydalanuvchilar Primadonnaning hozirgi ko‘rinishidan hayratda qolishganini va uni maqtashlarini yozishmoqda.

Alla Pugachyova va Maksim Galkin 2011 yildan beri turmush qurib kelishmoqda va hozirda 11 yoshli egizak farzandlari Garri va Lizani tarbiyalashmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat