date

Asal Shodiyeva «Biz ikkimiz yolg‘iz qolganda…»

Asal Shodieva «Biz ikkimiz yolg‘iz qolganda…»

Avvallari muhabbat tarixi haqida gapirishni istamagan Asal Shodieva "Darakchi" nashriga Shohruhxon bilan tanishuvlari haqida so‘zlab berdi.

— Asal, to‘yni shu qadar sir tutdinglarki, juda oz fursat qolgandagina xabar topdik…

— Chunki, bu bizning o‘rtamizdagi tuyg‘ular, orzular va niyat edi. Shuning uchun ham uni begonalardan asrab- avayladik. O‘sha kun kelganda esa baxtli kunimizni ko‘pchilik bilan baham ko‘rdik. Menimcha hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi.

— Bir-biringizga uzukka ko‘z qo‘ygandek mossizlar. Sevgi tarixingizni ham eshitishni istardik. To‘ygacha bu haqda gapirishni istamadingiz balki endi gapirib berarsiz?

— O‘zingizga yaxshi ma’lumki, biz hamkasbmiz, ijodkormiz. Turli tadbirlarda ko‘rishib turardik. Shundan boshlangan…

— Shohrux turmushga chiqish taklifini qay tarzda bildirgan?

— Hamkasb, do‘st bo‘lib yurdik. Ishonasizmi, oila qurish taklifini o‘zbekona urf-odatlarimizga ko‘ra sovchilar kelgandagina bilganman.

— U aynan siz kutgan inson ekanini qanday sezgansiz?

— Shohrux aka, men uchun ideal darajadagi inson. Ochig‘ini aytsam, u insonni to‘liq anglab etmaganman. O‘ziga yarasha sirli fe’l-atvorga ega. Har qanday vaziyatda suyanishim, ishonishim mumkin. Ba’zida menga noto‘g‘ridek tuyilgan qarorlari ham oxir-oqibat eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham har bir qaroriga hurmat bilan munosabat bildiraman.

— Sizlarni ko‘rganlar “ikkalasi ham og‘ir-bosiq, qanday til topishishdi ekan” deb o‘ylashadi…

— Biz ikkimiz yolg‘iz qolganda, umuman boshqa odamga aylanamiz. Gapdan tinmaymiz. Kulguli voqealarni gapirib, kulishib, xullas, sira zerikmaymiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Asal Shodiyeva «Biz ikkimiz yolg‘iz qolganda…»