Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik aktyor Stiven Sigalga Rossiya pasportini o‘z qo‘llari bilan topshirdi. Putin aktyorga nisbatan ko‘rsatilgan "bu kichik e’tibor" davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga imkon berishini aytdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
"Men sizni tabriklayman va bu kichik bo‘lsa-da e’tibor bizning davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishining alomati bo‘lishi mumkinligiga umid bildiraman", deb aytgan Putin.
Putin aktyorga pasportning taqdim qilinishi "mutlaq siyosatga aloqasi yo‘q bo‘lgan" qadam ekanligini aytgan. Putinning fikricha, Rossiya pasporti aktyorga rossiyalik do‘stlari bilan muloqot qilishini yengillashtiradi va uning professional rejalarini amalga oshirishida yordam beradi. Sigal shu munosabat bilan aytgan nutqida Kremlda shaxsan Putin bilan uchrashish u uchun katta sharaf ekanligini aytgan.
Putin Sigalning iltimosiga ko‘ra aktyorga berilgan Rossiya pasportining birinchi betiga o‘z dastxatini qo‘yib berdi. Sigal esa unga ruschada "Katta rahmat" deya minnatdorchilik bildirgan.
Sigal Rossiya pasportini olmoqchi ekanligini 2016 yil sentyabrda Rossiyada o‘tgan "Kray sveta" xalqaro kinofestivali vaqtida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Sigalning otasi tomondan bobosi Rossiyada tug‘ilgan va 20-asrning birinchi yarmida AQShga migrasiya qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi