date
views 6 759

Ledi Gaga 2,5 mln tomoshabin bilan rekord o‘rnatdi

Ledi Gaga 2,5 mln tomoshabin bilan rekord o‘rnatdi
Pop yulduz Ledi Gaga Rio-de-Janeyrodagi konsertida 2,5 million tomoshabin yig‘ib, ayol ijodkorlar orasidagi eng yirik konsert rekordini o‘rnatdi, deb Ulysmedia.kz xabar berdi.

3 may kuni Kopakabana plyajida o‘tkazilgan ushbu bepul konsert tarixdagi eng ommaviy ayollar konserti sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Bu rekord avvalgi rekordchi Madonna tomonidan 2024 yil 4 may kuni shu joyda o‘tkazilgan konsertda o‘rnatilgan edi.

Ledi Gaganing ushbu konserti Braziliyaga 13 yillik tanaffusdan keyingi ilk tashrifi bo‘ldi. Uning qaytishi haqiqiy triumfga aylandi. Shouning ko‘lami va tomoshabinlar soni barcha kutilmalarni ortda qoldirdi.

Shu bilan birga, umumiy tomoshabin soni bo‘yicha mutlaq rekord britaniyalik Rod Styuartga tegishli bo‘lib qolmoqda — u 1994 yilda shu joyda o‘tkazgan yangi yil konsertida 3,5 milliondan ortiq odam to‘plangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ledi Gaga 2,5 mln tomoshabin bilan rekord o‘rnatdi