
7 avgust kuni Toshkentdagi “Milliy” stadionida mashhur amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopez konsert beradi, deb Kursiv.uz xabar berdi. iTicket ma’lumotlariga ko‘ra, konsert uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan.
Eng arzon chipta narxi 1,04 million so‘mni tashkil etadi. Balkon zonalari uchun chiptalar 2,3 million so‘mdan, pastki qavatdagi o‘rindiqlar esa 2,7 million so‘mdan boshlanadi.
Tantszonaga kirish chiptasi taxminan 2 million so‘m, sahnaga yaqin zonalar esa 2,8 million so‘mdan yuqori baholangan. VIP zonadagi joylar uchun chiptalar 3,5 million so‘m etib belgilangan.
Tashkilotchilar chiptalarni faqat rasmiy iTicket sayti yoki ilovasi orqali xarid qilishni tavsiya etmoqda. Chiptalar qaytarilmaydi yoki almashtirilmaydi.
Bu Jennifer Lopezning O‘zbekistondagi ilk konserti bo‘ladi. U 1 avgust kuni Ostona, 10 avgust kuni esa Olmaotada ham chiqish qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar