date

O‘zbeklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda? Manzillar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbeklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda? Manzillar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston fuqarolari 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida qaysi davlatlarga ko‘proq sayohat qilgani bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–aprel oylarida 2 million 116,9 ming nafar fuqaro xorijiy davlatlarga turistik maqsadlarda safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 404,5 ming nafarga yoki 23,6 foizga oshgan.

Ushbu vaqt mobaynida eng ko‘p safar qilingan mamlakatlar orasida qo‘shni Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egalladi — 899 ming nafar o‘zbekistonlik mazkur davlatga tashrif buyurgan.

Quyida eng ko‘p sayohat qilingan davlatlar ro‘yxati bilan tanishing:

Qirg‘iziston – 899 ming nafar

Tojikiston – 388,4 ming nafar

Qozog‘iston – 354,9 ming nafar

Saudiya Arabistoni – 133,6 ming nafar

Rossiya – 93,9 ming nafar

Turkiya – 64,2 ming nafar

BAA (Dubay va boshqa shaharlar) – 58,8 ming nafar

Misr (ayniqsa Sharm-el-Shayx va Hurgada) – 22,4 ming nafar

Tailand – 15,4 ming nafar

Vetnam – 11,4 ming nafar

Boshqa mamlakatlar – 74,6 ming nafar

Tahlillarga qaraganda, fuqarolarning katta qismi yaqin qo‘shni davlatlarga qisqa muddatli sayohatlar uyushtirmoqda. Shu bilan birga, diniy safarlar maqsadida Saudiya Arabistoni va turizmni rag‘batlantiruvchi mamlakatlar — Turkiya, BAA, Tailand va Misr ham o‘zbekistonliklar uchun jozibador bo‘lib qolmoqda.

Mutasaddilar fikricha, keyingi oylarda ham fuqarolarning sayohatga qiziqishi ortishi kutilmoqda. Ta’til mavsumi yaqinlashar ekan, yangi manzillar sari qiziqish ham kuchayishi ehtimoldan holi emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbeklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda? Manzillar ro‘yxati e’lon qilindi
-->