date

Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi

Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi
Shoirning she’ridan ruxsasiz foydalangan yana bir xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan farg‘onalik shoir Ismoiljon Babayevga tegishli “Ona yuring, hajga boramiz” nomli she’r xonanda Farrux Xamrayev tomonidan ruxsatsiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi