
Ko‘pchilik turk mashhurlari boylik, hashamat, brend kiyimlar va dabdabali mashinalar bilan jamoatchilik e’tiborini jalb qilishni yaxshi ko‘radi. Biroq orasida shunday san’atkorlar ham borki, moliyaviy muvaffaqiyatlariga qaramay, oddiy va kamtarona hayot tarzini tanlaydi. Quyida ana shunday 10 nafar turk aktyori va aktrisasi haqida hikoya qilamiz — ular boylikni emas, insoniylikni qadrlaydi.
1. Bugra Gulsoy – kamtarlik timsoli

“Bahor” serialining yulduzi Bugra Gulsoy nafaqat iste’dodli aktyor, balki o‘zining sodda hayoti bilan ham e’tiborga loyiq. U ochiq-oydin daromadini ko‘z-ko‘z qilmaydi, badiiy ijod va oilasiga e’tibor qaratadi.
2. Ali Atay – xarizmasi bilan mashhur

“So‘nggi yoz” orqali tanilgan Ali Atay Hazal Kaya bilan baxtli hayot kechiradi. Katta daromadga ega bo‘lishiga qaramay, u o‘zini ko‘rsatishdan yiroq yuradi.
3. Burju Birijik – sodda lekin muvaffaqiyatli

“Shisha ortidagi qiz” aktrisasi boylikdan ko‘ra oddiylikni afzal ko‘radi. Instagram sahifasida hashamat emas, hayotiy kadrlar ustuvor.
4. Eda Eje – daromadi katta, shaxsiyati oddiy

“Taqiqlangan sevgi” aktrisasi Eda Eje hashamatli uy sotib olganiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda oddiy hayot lavhalari bilan bo‘lishadi.
5. Gonja Vuslateri – sirli va soddalikni sevadi

Ko‘plab seriallarda suratga tushgan Gonja Vuslateri o‘z hayotini ommadan yashiradi. Biroq uning soddaligi ko‘pchilik uchun ilhom manbai.
6. Nur Fettaho‘g‘lu – nafislik va kamtarlik uyg‘unligi

“Muhtasham yuz yil” aktrisasi katta daromadga ega, biroq u ko‘proq samimiy suratlar, oddiy hayotiy kadrlar bilan e’tibor tortadi.
7. Kivanch Tatlitug‘ – mashhurlikni e’tiborsiz qoldiruvchi yulduz

Seriyalar orqali millionlar topayotgan Kivanch moliyaviy muvaffaqiyatini reklama qilmaydi. Instagram sahifasi o‘z hayotidan lavhalar bilan to‘la.
8. Aras Bulut Iynemli – tabiiylik tarafdori

“Chuqur” aktyori daromadi yuqori bo‘lishiga qaramay, tabiat, tinchlik va oilaga e’tibor beradi. U hashamatli turmush tarzini targ‘ib qilmaydi.
9. Halit Ergench – soddalik bilan zabt etgan aktyor

Sulton Sulaymon obrazida tanilgan Halit Ergench ham shaxsiy hayotini sir saqlaydi va ko‘z-ko‘z qilishdan yiroq yuradi.
10. Ibrohim Chelikkol – mehrli va saxiy inson

Boy bo‘lishiga qaramay, aktyor hayriya ishlariga ko‘p vaqt va mablag‘ ajratadi. Favqulodda holatlarda yordamga shoshiladi va odamlar uchun jonini ayamaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar