
O‘zbekiston madaniy hayotida muhim yangilik: Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avaz Tojixonov O‘zbekiston davlat satira teatrida tashkilotchilik va ijodiy faoliyatga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur yig‘ilishda teatrning bugungi holati, sahnalashtirilayotgan spektakllar sifati, tomoshabinlarni jalb etish mexanizmlari hamda mahalliy va xalqaro gastrollarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish doirasida muhim yangilik sifatida, vazirlik buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov Satira teatrining yangi direktori etib tayinlangani ma’lum qilindi. U jamoaga rasman tanishtirildi va uning kelgusi rejalari haqida so‘z yuritildi.
Mirzatilla Xolmedov bu lavozimga tayinlanguniga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida so‘z ustasi sifatida faoliyat yuritgan. Uning teatr rahbarligida jamoaning yangi bosqichga chiqishi, zamonaviy tomoshabinlar talabiga javob beradigan kreativ loyihalar ishlab chiqishi kutilmoqda.
Mutasaddilarning fikricha, yangi rahbarning tajribasi va sahnadagi faoliyati teatr ijodiy hayotida ijobiy burilish yaratishi mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Satira teatridagi bu tayinlov qanday ijodiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar