
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chechenka” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan blogerning bolalarni o‘zaro janjallashtirgani aks etgan videosi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Oliy Majlis Senati a’zosi Jamila Bobonazarova mazkur holat yuzasidan keskin munosabat bildirdi.
“Bu holat onalik qadriyatlariga zid. Uning asosiy auditoriyasi — yosh bolali onalar ekani inobatga olinsa, bolalarning qo‘liga turli buyumlar berib, urishga undash hamda buni kontent sifatida tarqatishni mutlaqo qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday videolarni tarqatishni qoralayman”, — dedi senator.
U shuningdek, Bolalar ombudsmanini blogerning faoliyatini atroflicha o‘rganish va vaziyatni nazoratga olishga chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani tomonidan 14 iyul kuni Ichki ishlar vazirligiga rasmiy so‘rovnoma yuborilgan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIBning aniqlashicha, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro A.G. 13 iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish paytida o‘z o‘g‘li va jiyanini “hazil” maqsadida o‘zaro urishtirib, ushbu manzarani Instagram'da e’lon qilgan.
2025 yil 15 iyul kuni bloger G.A. bola manfaatlariga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi — “Bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni buzish” asosida javobgarlikka tortildi.
Ayni paytda mazkur oila mutasaddi tashkilotlar nazoratiga olingan. Tegishli organlar bolalar huquqlarining ta’minlanishini doimiy kuzatib borishi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar