date

San’atmi, hazilmi? Parijdagi muzeyda million dollarlik banan yeb qo‘yildi

San’atmi, hazilmi? Parijdagi muzeyda million dollarlik banan yeb qo‘yildi
Yaqinda Fransiyaning Parij shahrida joylashgan mashhur Pompidu markazida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi: bir tashrif buyuruvchi devorga skotch bilan yopishtirilgan bananni yeb qo‘ydi. Ammo bu oddiy banan emas edi — bu italyan rassomi Mauritsio Kattelan tomonidan yaratilgan va “Comedian” (ya'ni, “Komediant”) deb nomlangan zamonaviy san’at asari bo‘lib, u ilgari 6 million AQSh dollariga baholangan edi.

Mazkur voqea haqidagi xabarni Peopletalk nashri tarqatdi va u qisqa fursat ichida internetda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Asarning muallifi, italyan kontseptual san’atkori Mauritsio Kattelan bu voqeani hazil bilan kutib oldi:
“Yaxshiyamki, u bananni po‘stlog‘i va skotchi bilan emas, faqat mevasini yebdi”, – deydi u kulib.

Bananning o‘rni esa tezda yangilandi — bu installyatsiyani tiklash san’atkor tomonidan ishlab chiqilgan maxsus yo‘riqnomaga asosan atigi bir necha daqiqada amalga oshirilgan.

Bu Kattelan asarlarining “ta’tib ko‘rilishi” bilan bog‘liq ilk holat emas: 2023 yilda taniqli kripto-investor Jastin San ham ushbu asardan og‘ziga solib ko‘rgan edi.

Kattelan ilk bor “Comedian” asarini 2019 yilda Mayamidagi Art Basel ko‘rgazmasida taqdim etgan. O‘sha paytda u 120 ming dollarga sotilgan edi. Oddiy banan va skotchdan iborat bu asarning narxi vaqt o‘tishi bilan millionlab dollarga ko‘tarildi. Bu holat san’at olamida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi — bunday ishlar san’atmi, yo‘qmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » San’atmi, hazilmi? Parijdagi muzeyda million dollarlik banan yeb qo‘yildi