date

Ozzi Osborn haqidagi komiks rus tilida nashr etiladi

Ozzi Osborn haqidagi komiks rus tilida nashr etiladi

Ozzi Osborn hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rus tilidagi komiks sentyabr oyida kitob do‘konlarida paydo bo‘ladi. Bu haqda Pravilamag nashri «AST: Kladez. Muzika» tahririyati bosh muharriri Mariya Shebarshovaga tayanib xabar berdi.

Komiksni AQSHlik rassom va yozuvchi Todd Metti yaratgan. Ushbu loyihaga u Ozzining vafotidan ancha oldin, uning hayot ekanligi paytidayoq qo‘l urgan.

«Bizning tahririyat tomonidan chop etiladigan bu komiks buyuk musiqachiga hurmat ramzi sifatida dunyo yuzini ko‘radi. Rus tilidagi nashrga sababchi bo‘lganimizdan mamnunmiz», — dedi Shebarshova.

Komiksning rus tilidagi tarjimasini tarjimon Anastasiya Starostina amalga oshirgan.

Buyuk Britaniyalik mashhur Ozzi Osborn 2025 yil 22 iyul kuni, 76 yoshida vafot etdi. U nafaqat Black Sabbath guruhining asosiy vokalisti, balki mustaqil ijodkor sifatida ham butun dunyoda millionlab muxlislarga ega bo‘lgan.

2025 yil iyul oyi boshlarida Ozzi Osborn va Black Sabbath guruhi Birmingemdagi Villa Park stadionida so‘nggi konsertni berdi. Unga minglab muxlislar tashrif buyurdi, konsert esa 10 soatdan ziyod davom etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozzi Osborn haqidagi komiks rus tilida nashr etiladi