date

Selena Gomes va Benni Blanko to‘yga tayyorgarlik ko‘ryapti

Selena Gomes va Benni Blanko to‘yga tayyorgarlik ko‘ryapti

Hollivud yulduzi Selena Gomes turmush o‘rtog‘i, mashhur prodyuser Benni Blanko bilan bo‘ladigan to‘yi haqida jurnalistlarga ochiqcha so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular bu muhim kunni iloji boricha samimiy va oddiy tarzda o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Peopletalk.

Gomes Rare Beauty nashriga bergan intervyusida an’anaviy katta to‘y tortini istamasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, u va Blanko faqat o‘zi va turmush o‘rtog‘i uchun maxsus tayyorlangan kichik va nozik shirinlikni xohlashmoqda.

«Menimcha, biz uchun alohida mini-desert tayyorlagan ma’qul. Keyinchalik uni muzlatib qo‘yishimiz mumkin», — deydi Selena.

Juftlik to‘yga oid ilk ma’lumotlar internetga chiqib ketgach, ular mehmonlar xavfsizligi va o‘z shaxsiy hayotlari uchun xavotirga tushishdi. Shu bois, to‘y marosimida xavfsizlik choralari jiddiy ravishda kuchaytiriladi. Bu – begona shaxslar tomonidan shovqin-suronlar yoki kutilmagan holatlarning oldini olish maqsadida qilinadi.

Benni Blanko avvalroq bildirishicha, to‘yni rejalashtirishni darhol boshlashmagan. Sababi – har ikkisi ham juda band bo‘lgan.

«Nikoh tuzdik, kliplar suratga oldik, bayramlar keldi, keyin albom targ‘iboti boshlandi. Selena o‘z serialini suratga olishga ketdi, keyin bir haftacha dam oldik, so‘ng yana ish boshlandi. Men esa yangi kitob yozishga kirishdim», — degan prodyuser.

Selena Gomes va Benni Blanko munosabatlari omma e’tiboriga 2023 yilning oxirida ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, birinchi bo‘lib Selena sevgisini izhor qilgan. 2024 yilning yanvaridan esa juftlik jamoatchilik oldida birgalikda ko‘rina boshladi.

Aytish joiz, ularning tanishuvi 2021 yilga borib taqaladi — shu paytda ular I Can't Get Enough qo‘shig‘ini birga ishlab chiqishgan. Shuningdek, Blanko Selenaning sobiq yo‘ldoshi Jastin Biber bilan yaqin do‘st hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Selena Gomes va Benni Blanko to‘yga tayyorgarlik ko‘ryapti