“Fantastik to'rtlik” filmi jahon bo‘ylab kinoprokatda 218 million dollar (taxminan 2,7 trillion so‘m) daromad bilan boshlandi, deb rozetked.me xabar berdi.
Marvel brendi ostida yangidan yaratilgan ushbu superqahramonlar filmi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan.
Filmning byudjeti rasman oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, birinchi haftalik natijalar u katta muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlanishicha, film Marvelning keyingi bosqichiga asos soluvchi asosiy loyihalardan biri hisoblanadi.
Ko‘plab kinotanqidchilar va muxlislar aktyorlar tarkibi va vizual effektlarni yuqori baholagan.
Film yaqin haftalarda yanada katta daromad keltirishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar