Marvel kinokompaniyasining so‘nggi loyihasi — “Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar” filmi katta umidlar bilan namoyishga chiqarilganiga ikki hafta ham bo‘lmasdan, prokatda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Ilk haftada 117,6 million dollar bilan yaxshi start olgan blokbaster ikkinchi haftada daromadining 66 foizini yo‘qotib, 40 million dollar bilan cheklandi. Musobaqadoshlar kamligi va ijobiy fikrlarga qaramay, tomoshabinni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Bunday keskin pasayish Marvel kinovseleniyesining so‘nggi yillardagi eng noxush holatlaridan biri bo‘lib turibdi. Masalan, “Kapitan Amerika: Yangicha dunyo” 68 foiz, “Chumoli odam va Ari: Kvantomaniya” esa 70 foiz daromad yo‘qotgan edi. Yanada yomoni — “Kapitan Marvel 2” 78 foiz bilan antiraqam qayd etgan. Shunga qaramay, “Fantastik to‘rtlik” hozircha 198 million dollar (taxminan 16 milliard so‘m) AQSHda, 368 million dollar (deyarli 30 milliard so‘m) jahon bo‘yicha yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar unga “Gromoverjsev” va so‘nggi “Kapitan Amerika” filmlarini ortda qoldirish imkonini berishi mumkin, ammo Marvel uchun oldingi kassa muvaffaqiyatlariga qaytish hozircha murakkab bo‘lib turibdi.
2026 yil dekabrida namoyish etilishi kutilgan “Qasoschilar: Hisob-kitob kuni” filmi Marvel uchun navbatdagi katta imkoniyat sifatida qaralmoqda. Filmda Robert Dauni kichik Doktor Dum obrazida qayta namoyon bo‘lishi kutilyapti. Ammo insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, u oldingi shartlarsiz va o‘nlab million dollarlik gonorarsiz rolga qaytishga rozi emas. Bu esa blokbasterlar tannarxining yuqoriligi va bu kabi loyihalarni an’anaviy formatda davom ettirish maqsadga muvofiqmi, degan savolni yana kun tartibiga chiqarmoqda.
Manba: Peopletalk
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!