Pavel Durovning sevgilisi Yuliya Vavilova Fransiyadagi kurortda 25 yoshini nishonladi va ijtimoiy tarmoqlarda lavhalar bilan o‘rtoqlashdi. Unga turmush o‘rtog‘idan juda g‘ayrioddiy sovg‘a – butun boshli tiramisuli vanna taqdim etilgani muxlislarni hayratda qoldirdi.
Tug‘ilgan kun sohibi ehtimol, Pavel bilan bo‘lgan umumiy xobbisiga bag‘ishlangan eng g‘ayrioddiy tortni oldi. Videoda Yuliya shamlarni o‘chirib, bu hayratlanarli desertdan tatib ko‘rayotgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov va Yuliya Vavilova o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yili kuzda ma’lum bo‘lgan edi. Telegram asoschisining Fransiyada ushlangani haqidagi xabarlardan so‘ng juftlikning romantikasidan xabardor bo‘lishgan. Shundan so‘ng, ular ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi suratlarini faol baham ko‘ra boshlashdi.
Manba: Peopletalk
Pavel Durovning sevgilisi 25 yoshida tiramisuli vannaga ega bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar