Mashhur rossiyalik reper Basta (Vasiliy Vakulenko) va uning turmush o‘rtog‘i Yelena Vakulenko-Pinskaya Fransiyaning janubida joylashgan, mashhur sayyohlik shahri Nitssada ta’tilni o‘tkazmoqdalar. Ular ushbu dam olish paytidagi lavhalarni ijtimoiy tarmoq orqali bo‘lishdilar.
Juftlik ko‘rkam manzaralar va tarixiy joylar bo‘ylab farzandlari bilan birgalikda sayr qilgani aks etgan fotosuratlar va videolavhalarni e’lon qildi. Yelena tomonidan tarqatilgan suratlardan birida u turmush o‘rtog‘ini mehr bilan bag‘riga bosgan holda aks etgan. Uning libosi oq rangda bo‘lib, aksincha Basta "total blek" uslubida kiyinishni afzal ko‘rgan. Juftlikning samimiy munosabati ularning birgalikdagi suratlarida ham sezilib turadi.
Yelena ta’til paytida ham jismoniy shaklini nazorat qilishni unutmaganini ko‘rsatdi. U o‘zining sport bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarini “Stories” orqali namoyon qildi. Shuningdek, u shakardan to‘liq voz kechganini ma’lum qildi:
“20 maydan beri desertlar, shokolad, pechene, xamirli mahsulotlar — umuman olganda, shakar mavjud bo‘lgan barcha narsalarni iste’mol qilmayapman. Chunki ozgina yeb to‘xtash men uchun mushkul. Shuning uchun to‘liq rad etishni tanladim”.
U jozibali bir iqror ham qildi:
“Boshqalar yeyotganini kuzatishni yaxshi ko‘raman va ularning o‘rnida o‘zimni tasavvur qilaman. Fransiyadagi mashhur shirinlik — sufle — eng yaxshi tayyorlanadigan desertlardan biri. Shuning uchun qizim Mashani shu shirinlikni buyurtma berishga ishontirdim”.
Manba: Peopletalk
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!