Avstraliyaning shimoliy qismidagi Arnemlend mintaqasidan kelgan Geypalani Vanambi ismli rassom korennoy xalqlar uchun eng nufuzli musobaqa – Telstra Art Award g‘olibasi bo‘ldi. Uning “Burvu, gul” deb nomlangan asari qariyb uch metrlik metall panno bo‘lib, eski va chiqindilar qatoridagi yo‘l belgilaridan yaratilgan.
Ushbu mukofotning summasi — 100 ming AQSH dollari, bu esa nafaqat uning ijodiy mehnatiga, balki tarixiy va madaniy merosni qayta yoritishga qo‘shgan hissasiga ham baxo sifatida qaralmoqda.
Uning g‘olib asari — bu shunchaki metall emas, balki yo‘lning chiqindilaridan yangilik yaratish, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish namunasidir.
U 2024 yilda ham Avstraliya ayol rassomlari uchun eng nufuzli mukofot – Ravenswood Australian Women's Art Prizeni yutib, 35 ming dollar sohibasi bo‘lgan edi.
Manba: Peopletalk