Universal va DreamWorks Animation studiyalari mashhur animatsiya franshizasi – «Shrek»ning beshinchi qismi premerasini kechiktirishga qaror qildi. Ilgari 2026 yil 23 dekabrga belgilangan film taqdimoti endilikda 2027 yil 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu «Shrek 5» premerasiga qo‘yilayotgan ikkinchi kechiktirish. Loyiha dastlab 2026 yil iyulida namoyish etilishi rejalashtirilgan, keyin esa 2026 yil dekabriga ko‘chirilgan edi. Ammo studiya kechikish sabablarini rasman ma’lum qilmadi.
Yangi qism original «Shrek» multfilmi namoyish etilganidan so‘ng yigirma besh yil o‘tib katta ekranlarga chiqadi. 2001 yildagi birinchi qism ertaklardagi an’anaviy «hayot doim baxtli yakun topadi» konsepsiyasini qayta talqin etib, butun dunyo bo‘ylab qariyb 500 million dollar yig‘gan va tarixda ilk bor «Oskar» yutgan animatsiya filmiga aylangan edi.
Shundan so‘ng uchta sikvel yaratilgan:
- «Shrek 2» (2004 yil),
- «Shrek Tretiy» (2007 yil),
- «Shrek Navsegda» (2010 yil),
- shuningdek, mashhur qahramonlardan biri haqida ikkita spin-off — «Кот в сапогах» filmlari ham namoyish etilgan.
Yangi qismda bosh qahramonlarga ovoz bergan Mayk Mayers, Eddi Myorfi va Kameron Dias yana o‘z rollariga qaytishadi.
Bundan tashqari, DreamWorks studiyasi franshiza doirasida yangi loyihani ishga tushirishi ma’lum bo‘ldi — u «Shrek»ning yaqin do‘sti, hazilkash va sodiq qahramon Oslik haqidagi alohida film bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar