
Turk seriallari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham millionlab tomoshabinlarni o‘ziga rom etdi. Buning asosiy sababi faqat qiziqarli syujet emas, balki go‘zal va yoqimtoy aktrisalarning mahoratli rollaridir.
Hazal Kaya — turk seriallari orasida eng mashhur va sevimli chehra. Uning “Aşk-ı Memnu” va “Adını Feriha Koydum” seriallaridagi rollari uni butun dunyoda tanitdi.
Faxriye Evdjen — nafaqat iste’dodi, balki o‘zining betakror go‘zalligi bilan ham mashhur. U “Çalıkuşu” va “Yaprak Dökümü” seriallarida tomoshabinlar qalbini zabt etgan.
Beren Saat — Turkiyaning eng nufuzli aktrisalaridan biri. Uning kuchli xarakterli rollari va sahnadagi samimiyligi uni millionlab muxlislarga ega qildi.
Xande Erchel esa yosh avlodning eng ko‘p sevgan yulduzi. “Sen Çal Kapımı” seriali orqali Osiyodan to Yevropa va Amerikagacha mashhurlikka erishdi.
Turk aktrisalari nafaqat ekranda, balki hayotda ham o‘ziga xos jozibasi bilan ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan. Shu bois O‘zbekistonda turk seriallari va ularning yulduzlariga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!