date

Jennifer Lopesning boyligi aslida qancha?

Jennifer Lopesning boyligi aslida qancha?

Gollivud va musiqa olamining eng yorqin yulduzlaridan biri — Jennifer Lopes, ko‘pchilikka J.Lo nomi bilan tanish. U nafaqat qo‘shiqchi, balki aktrisa, prodyuser va dizayner sifatida ham katta yutuqlarga erishgan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Lopesning umumiy boyligi 400 million dollarga yaqin bo‘lib, uni dunyodagi eng boy ayol qo‘shiqchilardan biriga aylantirgan.

Shuningdek, boylik jihatidan Taylor Swift, Rihanna, Madonna va Beyoncé kabi yirik san’atkorlar Jennifer Lopesdan oldinda turadi.

Celebrity Net Worth ma’lumotiga ko‘ra, J.Loning 2018 yildagi daromadi taxminan $40 million atrofida boʻlib, yuqori yillarda esa u bu ko‘rsatkichni $52 milliongacha oshirgan.

Uning boyligi faqatgina musiqa va filmlardan tushgan daromad bilan cheklanmaydi. Lopesning Netflix loyihalari, turli moda brendlari bilan hamkorliklari va konsert turlari katta moliyaviy muvaffaqiyat olib kelgan. Ayniqsa, u sahnadagi kuchi va energiyasi bilan millionlab muxlislarni o‘ziga rom etib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jennifer Lopesning boyligi aslida qancha?