date

Londonda saqlanayotgan XII asr artefakti Vatanga qaytmoqda

Londonda saqlanayotgan XII asr artefakti Vatanga qaytmoqda

O‘rta asrlarda Xuroson va Movarounnahr hududlari ilm-fan, madaniyat, amaliy san’at hamda hunarmandchilikning yirik va nufuzli markazlaridan biri sifatida yuksalgan. Bu zaminda yaratilgan asarlar va buyumlar nafaqat turmush ehtiyojlarini qondirgan, balki xalqning o‘tkir badiiy didi, ruhiy madaniyati va ma’naviy qarashlarini ham namoyon etgan.

Shunday noyob topilmalardan biri – gulbarg shaklida ishlangan qo‘rg‘oshin idish hisoblanadi. Mutaxassislar uni taxminan XII–XIII asrlarga, G‘aznaviylar davriga mansub deb baholashadi. Ayni paytda ushbu antik buyum London shahridagi “Orfeus” galereyasida saqlanib kelmoqda. O‘sha davrda bunday idishlar tantanali marosimlarda, uy bezagi sifatida yoki amaliy maqsadlarda keng foydalanilgani va hunarmandlar mahorat darajasining yuksakligini ifoda etgani qayd etiladi.

O‘zbekiston muzeylari kolleksiyalarida bu turdagi artefaktlar juda kam uchraydi. Shu sababli, ularni xorijdagi turli jamg‘armalardan va galereyalardan olib kelish milliy merosni yanada boyitish, xalq tarixi va madaniy qadriyatlarini keng jamoatchilikka ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ustuvor vazifalaridan biri aynan noyob artefaktlarni to‘plash va ularni xalqaro hamjamiyatga taqdim etish hisoblanadi. Gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idishning markaz ekspozitsiyasiga qo‘shilishi esa ana shu yo‘nalishdagi muhim qadam sifatida qaralmoqdaBunday topilmalar tilsiz guvoh sifatida o‘tmish bilan kelajakni bog‘lab turadi. Ularni asrab-avaylash, yurtimizga qaytarish va avlodlarga yetkazish esa ma’naviy merosni saqlash hamda kelajakka ko‘prik qurish demakdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Londonda saqlanayotgan XII asr artefakti Vatanga qaytmoqda