date

Tom Xolland DEHB va disleksiya bilan kurashmoqda

Tom Xolland DEHB va disleksiya bilan kurashmoqda

Marvel olamidagi qahramon sifatida tanilgan gollivudlik aktyor Tom Xolland o‘ziga qo‘yilgan tashxislar haqida ochiq gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unda diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DEHB) hamda disleksiya bor.

“Menda DEHB va disleksiya mavjud. Ba’zan kimdir menga bo‘sh qog‘oz berganda, bu men uchun juda qo‘rqinchli bo‘lib tuyuladi. Har doim ham obraz ustida ishlash oson kechmaydi”, — dedi aktyor Entertainment Weekly nashriga.

Shunga qaramay, u bunday qiyinchiliklar kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi:

“Yosh yoki katta bo‘lishingizdan qat’i nazar, sizga ijodiy fikrlashga, izlanishga va yangilik yaratishga majbur qiladigan har qanday jihat — bu ijobiy narsa. Menimcha, bunday jarayon qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshiroq”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Xolland disleksiya haqida ilk bor bolaligida bilgan. “Mendagi disleksiya asosan imlo bilan bog‘liq muammo”, — degan edi u 2023 yil iyul oyida “On Purpose” podkastida. Biroq, ota-onasi qo‘llab-quvvatlashi tufayli aktyor bu qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tom Xolland DEHB va disleksiya bilan kurashmoqda