HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi “Garri Potter” seriali atrofida muxlislar hayajon bilan fikr bildirishmoqda. Eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollardan biri — qorong‘u sehrgar Lord Volan-de-Mort obrazini kim gavdalantirishi mumkinligi, deb yozmoqda IMDb.
Warner Bros. studiyasi allaqachon bu rol uchun aktyor tanlanganini, biroq hozircha bu ma’lumotni sir saqlayotganini aytmoqda. Shunga qaramay, muxlislar orasida uch nom eng jiddiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.
Birinchi variant — Nikolas Xoult. O‘tgan yili u Garri Potter haqidagi original filmlardagi bir nechta rollarga, hatto bosh qahramon uchun ham kastingdan o‘tgan edi. Endi esa britaniyalik aktyorning yangi serialda Volan-de-Mortni gavdalantirishi mumkinligi haqida fikrlar bor.
Ikkinchi nomzod — Killian Merfi. Aktyorning “Betmen boshlanadi” filmidagi doktor Jonatan Kreyn (Qo‘rqoq) obrazi muxlislar uchun yaqqol misol bo‘lib xizmat qilmoqda. Merfi o‘ziga xos noziklik bilan yovuzlikni ifodalashda mahoratini ko‘rsatib kelgan.
Uchinchi da’vogar — Ostin Butler. U Baz Lurmanning “Elvis” filmidagi asosiy rol va “Dune: Ikkinchi qism”da Feyd-Rauta obrazlari orqali murakkab, hatto yovuz xarakterlarni yuksak darajada ijro eta olishini isbotladi. Bu esa uni Volan-de-Mort roliga jiddiy raqobatchiga aylantirmoqda.