Walt Disney, Universal va Warner Bros. Discovery kompaniyalari Xitoyning MiniMax sun’iy intellekt korporatsiyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, Gollivud gigantlari Hailuo AI xizmatini mashhur film va qahramonlar tasvirlarini o‘z mahsulotlarini reklama qilishda noqonuniy ishlatishda ayblamoqda, deb yozmoqda Pravilamag.
Hailuo AI foydalanuvchilari “Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyder, “Despicable Me”dagi minionlar va “Wonder Woman” kabi qahramonlar bilan video va tasvirlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu jarayon “Gollivud cho‘ntagingizda” shiori ostida reklama va nashrlar bilan targ‘ib qilingan.
Hozircha Hailuo AI vakillari da’voga javob bermagan. Shu sababli, kinokompaniyalar xizmatning mualliflik huquqi himoya qilmasdan ishlashini to‘xtatish bo‘yicha suddan buyruq chiqarilishini talab qilmoqda.
Kompaniyalar bayonotida shunday deyiladi: “Mas’uliyatli sun’iy innovatsiyalar muhim va MiniMax'ga qarshi sud jarayoni mualliflik huquqi qonunlarini buzganlarni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar javobgarlikka tortish majburiyatimizni yana bir bor ko‘rsatadi.”
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!