Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopez Brodvey sahnasida debyut qilish niyatida ekanini ochiq aytdi. U Entertainment Weekly nashriga bergan intervyusida, uzoq yillardan beri teatr sahnasida o‘ynashni orzu qilganini, biroq avval bandligi sabab bu istagini amalga oshira olmaganini ma’lum qildi.
Lopezning so‘zlariga ko‘ra, “O‘rgimchak ayol bo‘sasi” nomli yangi filmda suratga tushish jarayoni uni sahna hayotiga yana qaytishga ilhomlantirgan. Rejissyor Bill Condon tasvirga olgan ushbu filmda u Gollivud yulduzi Ingrid Luna rolini ijro etdi va bir nechta musiqiy chiqishlarni ham amalga oshirdi. “Bu loyiha menga eski mahoratimni eslab, uni yana rivojlantirish imkonini berdi”, — dedi Jennifer.
San’atkor o‘zining bolalik yillari haqida so‘zlab, shunday deydi: “Yoshligimda jazz, balet va Brodvey raqs uslublarini o‘rganganman. Keyinchalik hip-hop va ko‘cha raqslarini ham o‘zlashtirdim. Musiqiy faoliyatimni boshlaganimda, asosan shu yo‘nalishga e’tibor qaratdim, shu bois odamlar meni ko‘proq shu tarzda tanishgan”.
Shunga qaramay, Lopez endi Brodvey sahnasiga qaytish fikrida qat’iy ekanini bildirdi: “Biroz sekinlashib, bir narsaga to‘liq e’tibor qaratish yaxshi bo‘lardi. Ammo bu, albatta, katta qaror”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!